Odam boʻl!
Shu gapning tagida qanchadan qancha maʼno bor ekan-a?! Kimdir sizga odam boʻl desa, u oʻshanda nimani nazarda tutgan ekan? "Odam boʻl" deganda balkim oʻgʻrilikni nazarda tutar, ehtimol xurofotlar bilan yashashni aytayotgandir.
Odamga oʻxshab yur, odamga oʻxshab oʻtir, odamday ye degan stereotiplar tagida nima bor ekanki, siz buni koʻr-koʻrona qabul qilishingiz kerak?
Bizda mana shunday fikrlar oʻylab oʻtirmasdan qabul qilinadi koʻpincha. Va shu fikrlar ongingizga singganidan keyin asl mazmundan uzoqlashasiz. Kimningdir "odami" bilan yashaysiz.