View in Telegram
Uch tana muammosi Agar quyosh tizimiga oʻxshash tizimda faqat ikkita sayyora boʻlsa va ularning yoʻnalishiga hech narsa taʼsir qilmasa, ularning harakatini oldindan aniq aytish mumkin. Biroq sayyoralar orasiga uchinchi tanani, olaylik, kometani qoʻshsak, oʻsha kometa vaqt oʻtishi bilan mayda oʻzgarishlar natijasida taʼsir qilishi mumkin. Bu esa oldindan bilishni murakkablashtiradi. Shunday qilib, kichik oʻzgarishlar ulkan sayyoralarning kelajagini hal qiladi. Dunyomiz esa uchtadan koʻp obyektni oʻz ichiga oladi. U murakkab dinamik tizim. Braziliyada qanot qoqib yurgan kapalak vaqt oʻtib Texasda boʻronga sabab boʻlishi mumkin. Har bir qanot qoqish maʼlum darajada havo molekulalarini oʻzgartiradi. Bu kichik oʻzgarishlar uch tana muammosini keltirib chiqaradi. Tizim murakkablashar ekan, oldindan aytib berish ham qiyinlashadi.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily