View in Telegram
Bizning muammomiz — nafaqat kelajakni bilmasligimiz, balki oʻtmish haqida koʻp narsa bilmasligimizdir. Nassim Taleb — Qora oqqush Kelajakni bilishga harakat qilish tabiatimizda bor. Uning qanaqa boʻlishi, kelgusida nimalar qilishimiz, qanday ishlarni amalga oshirishimiz qiziq boʻlib kelgan. Lekin yana bir muammo bor — oʻtmishni bilmaslik. Ha, toʻgʻri, tarixdan biz natijalarni olamiz, ularga qarab xulosalar chiqaramiz. Biroq oʻsha xulosa qilish mexanizmimiz ham toʻliq javobni bermaydi. Aksariyat javoblar faqatgina aniqlik illuziyasini beradi xolos. Oʻtmishni oʻrganish haqida yetarlicha bilimga ega boʻlmaslik koʻpincha pand beradi. Biz faqatgina yorqin va esda qolarli voqealarnigina eslab qolishga moyilmiz. Bu esa voqealar ortidagi yashirin dalillarni koʻrishga katta toʻsiq boʻladi.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily