View in Telegram
"Bizning dunyomizda taraqqiyot azoblarning koʻrinishidir. Avvalgi tamaddunlar oʻzining muhabbat va adolat ustiga qurilganini daʼvo qilar edi. Bizning tamaddun nafratga qurilgan. Bizning dunyomizda qoʻrquv, gʻazab, gʻalaba va oʻz-oʻzini parchalashdan boshqa tuygʻular boʻlmaydi. Qolgan barchasini yoʻqotamiz. Barchasini. Avvalgi tafakkur tarzini - inqilobgacha boʻlgan sarqitlarni gumdon qilamiz. Biz ota-ona va farzand oʻrtasidagi, bir inson va boshqa inson oʻrtasidagi aloqalarni uzdik. Shunday qildikki, hech kim na xotiniga, na farzandiga, na doʻstiga ishonadi. Kelajakda doʻstlar ham, xotinlar ham boʻlmaydi... Partiyadan boshqasiga sadoqat qilish boʻlmaydi. Katta Ogʻaga muhabbatdan boshqa muhabbat qolmaydi. Sanʼat, adabiyot, fan boshqa boʻlmaydi. Goʻzal va badbashara oʻrtasida farq qolmaydi. Qiziqishlar yoʻqoladi, hayotdan zavq yoʻqoladi... Agar sizga kelajakning timsoli kerak boʻlsa, insonning basharasiga tushayotgan etik poshnasi abadiy timsoldir." Jorj Oruell. "1984" romanidan
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily