Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov Davlatobod tumanidagi 56 – umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasada yaratilgan shart – sharoit, moddiy - texnik baza, obodonlashtirish, ta’lim sifati samaradorligi masalalarini o‘rgandi. Sinf xonalarida o‘quvchi – yoshlarning darslarga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirilib, ularning kelajak bilan bogʼliq orzulari, reja-maqsadlari xususida fikr almashildi. Shuningdek, qish mavsumida amalga oshirilayotgan ishlar ko’zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga vazifalar yuklandi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati