“QANIYDI, SHU VATANGA JON BERSAM!”
Oradan 24 yildan ko‘proq vaqt o‘tdi. Bu vaqt oralig‘ida jigarbandidan ayrilgan ota-onalarning, suyukli yoridan judo bo‘lgan mushtipar ayollarning, otasining siyratini faqatgina suratlarda ko‘rgan farzandlarning qalb yaralari bitib ulgurganmikin, degan xavotir bilan Kamoliddinning o‘ndan ortiq yaqinlari bilan telefon orqali bog‘landim. Ular shunday insonning turmush o‘rtog‘i, farzandi, xizmatdosh va birga o‘sgan do‘stlari, mahalladoshi, tanigan-bilgani ekanidan faxrlanib gapirib berdi. Umr yo‘ldoshi Gulnoz Nuriddinova, kenja o‘g‘li leytenant Mirkomil Kamoliddinov, xizmatdoshi Tolibjon Rajabov, birga o‘sgan o‘rtog‘i Farhodjon Akbarovdan Kamoliddinning qahramonligi haqida hikoya qiluvchi o‘nlab voqealar esga olindi. Ularning bari bitta kitobga jo bo‘ladigan xotiralar.🌐Batafsil: https://mv-vatanparvar.uz/606/Telegram | Facebook | Instagram | Twitter