O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Vatanparvar gazetasining telegramdagi rasmiy sahifasi
Murojaat uchun: https://t.center/Vatanparvargaxatbot
Tel: (71) 260-36-50
faks: (71) 260-32-29
XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy hayotida nihoyatda kuchli jonlanish ro‘y berdi. Bu jonlanish o‘lkada tobora miqyos kasb eta borgan Milliy uyg‘onish kayfiyati va uning amaliy ko‘rinishi bo‘lgan jadidchilik hodisasi bilan belgilanadi. Jadidchilik harakati tarixan qisqa muddatda ijtimoiy ongni ma’rifatchilikdan siyosiy ozodlik, mustaqil davlatchilik g‘oyasi tomon rivojlantira oldi. Bu harakat bir necha yo‘nalishdagi amaliy faoliyatda o‘z ifodasini topdi. Xususan, maktab-maorif, matbuot va matbaachilik, xayriya ishlari, adabiyot va san’at, shu jumladan teatr va dramaturgiya kabilarda.
U hikoyalarning ba’zilari bizning bugungi hayotimizda ham alohida ibratli o‘rin tutadi. Ulardan biri sak (shak), massaget, sagater, sug‘ud, qam, xamar, chag‘, zariasp, ariasp, aginak kabi ko‘plab elatlarga bo‘linib qolgan Turon qavmlarining muqaddas daryosi ko‘hna O‘kuz (Oks) atrofida sodir bo‘lgan. Bu yerlarga jahongir Iskandar Maqdunli qo‘shin tortib kelishi uchun hali bosib o‘tilmagan bir necha asr oldinda turardi. Maqdunli Poliyen Rim imperatorlariga olis O‘kuz sohillarida bir sak jangchisi qanday qilib, minglab askarlardan iborat ulkan fors qo‘shinini yolg‘iz o‘zi mag‘lub qilganini so‘zlab beradi. Asrlarning uzun silsilasida bu hikoya Hukmdorlar tinglaydigan Dostonga evrilib, bizga qadar yetib kelgan.
Oradan 24 yildan ko‘proq vaqt o‘tdi. Bu vaqt oralig‘ida jigarbandidan ayrilgan ota-onalarning, suyukli yoridan judo bo‘lgan mushtipar ayollarning, otasining siyratini faqatgina suratlarda ko‘rgan farzandlarning qalb yaralari bitib ulgurganmikin, degan xavotir bilan Kamoliddinning o‘ndan ortiq yaqinlari bilan telefon orqali bog‘landim. Ular shunday insonning turmush o‘rtog‘i, farzandi, xizmatdosh va birga o‘sgan do‘stlari, mahalladoshi, tanigan-bilgani ekanidan faxrlanib gapirib berdi. Umr yo‘ldoshi Gulnoz Nuriddinova, kenja o‘g‘li leytenant Mirkomil Kamoliddinov, xizmatdoshi Tolibjon Rajabov, birga o‘sgan o‘rtog‘i Farhodjon Akbarovdan Kamoliddinning qahramonligi haqida hikoya qiluvchi o‘nlab voqealar esga olindi. Ularning bari bitta kitobga jo bo‘ladigan xotiralar.
Qisqa davr ichida mamlakatimiz rivoji yo‘lida tashlangan dadil qadamlar samarasi nafaqat yurtimizda, balki jahonda ham aks-sado berdi. Ayniqsa, o‘tgan yil Qurolli Kuchlarimiz hayotida unutilmas va muhim voqealarga boy bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari xalqimizga yo‘llagan Yangi yil tabrigida alohida qayd etganlaridek, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora yuksalib borayotgani, hech shubhasiz, diyorimizdagi barqarorlik, do‘stlik va hamjihatlik natijasidir.
Farhodbiy o‘tarchi bu orada Samarqand hokimi bo‘ldi. Hijriy 1131-yili rajab oyining 20-kuni (1719-yil 8-iyun) davlat boshqaruvidagi oliy maqom – otaliq vazifasiga tayinlanib, Buxoro xonligi siyosiy hayotida nufuzli shaxslardan biriga aylandi. Ammo davlatning markaziy boshqaruvi va Turonni halokatli parchalanishga olib kelgan mamlakatdagi ommaviy tartibsizliklarga u ham barham berolmadi. Bu paytlarda Abul Fayzxon yoshlik ayyomini ortda qoldirib, yigitlik davriga qadam qo‘ygandi. Farhodbiy o‘tarchi ayni otaliq bo‘lib turgan davrlarda (1719–1722) Miyonkol va Samarqand tomonlarda xitoy qipchoq qavmining davlatga qarshi isyoni kuchayib boraverdi. Bu fojiali jarayonlarni Shahrisabz bekligi ham qo‘llab-quvvatladi. Davlat a’yonlarining mavjud vaziyatdan xavotiri ta’sirida Abul Fayzxonda Farhodbiyga nisbatan ishonchsizlik paydo bo‘ldi.
Nosirbek to‘qsabo Abdurahimov 1925-yil 14-aprelda aksilinqilobiy faoliyatda ayblanib, qamoqqa olinadi. Qariyb besh oydan ortiq davom etgan jismoniy qiynoq va tahqirlar ostida o‘tgan tergovlar vaqtida Nosirbek o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarning birortasini tan olmaydi. Shunga qaramay, 1925-yil 4-sentabr kuni O‘zSSR JKning 61-, 67-, 69-moddalari qo‘llanib, 3 yilga Soloves lageriga surgun qilinadi. 3 yil umrini Solovesda, yana 3 yilini Kustanadagi sho‘rolarning mash’um qiynoqxonalarida o‘tkazadi.
STRESSBARDOSH HАRBIY JURNАLISTLАRNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Qo‘shinlarda harbiy xizmatchilarning nafaqat jismoniy tayyorgarligini yuksaltirish, balki ruhiy barqarorligini ta’minlash, stresslarga chidamliligini oshirish va shu maqsadda ularning psixologik bilimlarni egallashlariga chuqur e’tibor qaratiladi. Ularga turli stressli vaziyatlarga tushganlarida qo‘llanadigan chora-tadbirlarni o‘rgatish, kerak bo‘lsa, stressli vaziyatlarni sun’iy tarzda yaratish va bu orqali ruhan barqaror, o‘ziga ishonchi yuqori, har qanday vaziyatda o‘zini yo‘qotmaydigan, psixologik bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni shakllantirish ko‘zlangan.
Suratda siymosi aks etib turgan bu insonning qo‘shiqlarini eshitmagan gazetxonimiz bo‘lmasa kerak. U o‘zining serqirra ijodi, noyob iste’dodi va yuksak mahorati bilan nafaqat yurt posbonlari, balki xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan. 68 yosh ostonasida turgan qahramonimizning hayoti, harbiy xizmati va san’at olamidagi faoliyati xususida qiziqarli voqealar ko‘p. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli vokal-xor guruhi oliy toifali artisti Marat Hakimov bilan kechgan maroqli suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.
YOSHLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH – PIROVARD MAQSADIMIZ
Hozirgi davrdagi jadal taraqqiyot tendensiyalari ta’sirida tobora globallashib borayotgan jamiyatda intellektual salohiyatni samarali ishga solish, mutaxassislarning o‘z faoliyatiga ongli yondashuvini shakllantirish, ularning shaxsiy mas’uliyat va tashabbuskorlik fazilatlarini kuchaytirish katta ahamiyatga egadir.
1913-YILNING aprel oyida chiqa boshlagan “Samarqand” gazetasiga mufti Mahmudxo‘ja Behbudiy mas’ul muharrir etib tayinlanadi. O‘zbek, fors va rus tillaridagi maqolalar e’lon qilingan bu gazeta sahifalarida Mirzohid Miroqilov, Akobir Mansur, Hoji Muin kabi jadid ziyolilarning asarlari ham o‘rin egallagan edi. Olti yuzga yaqin nusxada tarqalgan bu gazetaning 45-soni chiqqanidan keyin mablag‘ tanqisligi sababli yopiladi. 1913-yil 20-avgustdan e’tiboran esa Behbudiy o‘zining “Oyina” jurnalini chiqara boshlaydi. Uning sahifalarida Munavvarqori, Mahmud Sattor, Akobir Mansurlarning bir qator maqolalari o‘rin egallagan bo‘lib, jurnal “Millat, islomiyayi saodat” shiorini ko‘targan edi. Ammo “Oyina” jurnali ham 136-soni e’lon qilinganidan keyin 1915-yil 15-iyunda yopiladi.
Ma’rifatchilikning yangi to‘lqinida – 1913–1915-yillarda “Samarqand”, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg‘ona”, “Buxoroyi sharif”, “Turon”, 1917-yilda esa “El bayrog‘i”, “Kengash”, “Hurriyat”, “Ulug‘ Turkiston” gazetalari, “Oyina” jurnali kabi ijtimoiy-siyosiy bosma nashrlar katta rol o‘ynadi.
Sovet davlati tashkil topgan 1920-yillardayoq Po‘lat (Bulat) Soliyev Turkiston tarixiga oid darslik yozish ishiga jiddiy kirishadi. Biroq bolsheviklar Po‘lat Soliyev va boshqa mahalliy olimlar tomonidan tayyorlangan tarix bo‘yicha darslik loyihalarini doimiy ravishda rad etib keladi. Shunday bo‘lsa-da, Soliyev 1929-yilda “O‘zbekiston tarixi” kitobini nashr ettirishga muvaffaq bo‘ladi. Olim mazkur asarni yaratishda O‘rta asr muarrixlarining meroslaridan unumli foydalanadi. Muallif tarix sohasidagi mafkuraviy ko‘chkiga qarshi ekanini ta’kidlagan holda kitobning kirish qismiga o‘sha kunlarda sovet mafkurachilari tomonidan ayovsiz tahqirlangan Amir Temur suratini ilova qiladi.
Poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hududida yangitdan bunyod etilgan Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va madaniyat departamenti binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Mudofaa va Madaniyat vazirliklari rahbariyati, turli idora va jamoat tashkilotlari mas’ullari, ijod ahli va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.