Fulbrightdan yiqildim. Yana ) O'tgan safar Fulbrightdan o'ta olmagan paytda yozgan postim. Emotsiyalar bilan yozilgan post.
Bu safargisini esa shunchaki yuzda tabassum bilan qabul qilganim uchun esa Allohga shukur deyman.
UGRAD va Fulbright kabi dasturlar menga ko'p narsa berdi. Lekin siz yoqtirgan, siz erishishni istagan va hattoki sizni ayni vaqtda rivojlanishingizda yordam berganlar bilan kelajagingiz har doim ham bog'liq bo'lmasligi mumkin ekan. Chunki kelajakda rivojlanishda davom etishingiz uchun aynan ular to'g'ri yo'l bo'lmasligi mumkin.
O'tgan bir yil ichida juda ko'p voqealar bo'ldi, ko'p narsalar o'zgardi. Lekin o'sha essay va postda aytgan oxirgi gapim o'zgargani yo'q.
"Qayerda bo'lishimdan yoki nimaga ega ekanimdan qat'iy nazar doimo o'z oilam, jamiyatim va butun dunyo uchun ahamiyatli nimadir qilish uchun harakat qilishda davom etaman" Fulbright bilan hikoyam esa shu yerda o'z yakuniga yetadi )
#fulbright #grants
@musayev_blogi