View in Telegram
Fulbraytdan yiqildim! Fulbright — bu Amerikada magistratura bosqichida barcha xarajatlari qoplangan holda o'qish imkonini beruvchi grant dasturi hisoblanadi. Butun dunyodagi eng mashhur grant dasturlaridan. Bu borada unga faqat Chevening tenglashishi mumkin, menimcha. Aslida, umuman boshqa sarlavhadagi boshqacha ruhdagi post yozishni kutgan edim. Sababi Fulbright haqida UGRAD dasturiga topshirgan paytimdan beri bilaman, ya'ni 3 yildan ko'proq. Shu davr mobaynida uni yutish uchun qaysidir ma'noda o'zimni tayyorlab bordim, harakat qildim. Hattoki intervyu bosqichigacha yetib bordim. Lekin shunday bo'lishi kerak edi ekan. Aslida bu birinchisi emas. O'tgan bir yil davomida men — DAAD — Chevening Erasmus Mundus — Korean Government Scholarship — Turkiye Burslari kabi grantlarda ham muvaqqiyatsizlikka uchradim. Lekin shu davr davomida kerakli xulosalar oldim, tajriba to'pladim va muhimi nimani xohlashim va magistraturada o'qishdan maqsadimni tobora aniqroq tushunib bordim. Postni yozishdan maqsad nima? Albatta, bu post bilan xafa ekanligimni izhor qilish niyatim yo'q, garchi shunday bo'lsada. Aytmoqchi bo'lgan narsalarim sal boshqacharoq — Men ideal emasman! Shunday ekan sizlarga faqat yutuqlarimni ko'z-ko'z qilmasdan muvaffaqiyatsizliklarim haqida ham aytishni lozim deb topdim — Bu kabi GRANTlarni yutish davrida IELTS 8 ballim yoki baholarim 90% bo'lishi menga g'alabani ta'minlamadi. Aksincha, ular qandaydir foyda berganini sezmadim ham. Ular kerak emas deyishdan yiroqman, lekin "IELTS 8 va/yoki zo'r baholar grant uchun yetarli emas" deb qat'iy ayta olaman. — Biror niyatga erishish uchun unga har tomonlama tayyor bo'lish kerakligini tushundim. Endi nima qilmoqchiman? Magistratura - bu maqsadlar yo'lida vosita, reja. Rejalar ish bermagan ekan, rejalarni o'zgartiramiz maqsadni emas. Meni tushkunlikka tushmasligim asosiy sababi ham shunda — Bu yil ham qayta urinib ko'raman! Lekin bu safar zahira reja bilan. O'tgan yili bu reja amalga oshishi qiyin ish edi. — Jarayonlar haqida iloji boricha ulashib boraman. Rejalarimni ommaga ochiqlashga qaror qilganim uchun Onamdan oldindan uzr so'rayman. Lekin bu safar ular ish bermay qolishidan, odamlar oldida uyalib qolishidan qo'rqmayman. — Bu degani kanalda #Chevening #DAAD #Fulbright va boshqa grant teglari bilan postlar paydo bo'ladi. Shu orqali kimgadir foydam tegsa - shu mening asosiy yutug'im Fulbright essayim oxirgi gapi shunday ma'noda edi: "Men qayerda bo'lishimdan yoki nimaga ega ekanimdan qat'iy nazar doimo o'z oilam, jamiyatim va butun dunyo uchun ahamiyatli nimadir qilish uchun harakat qilaman" #grants #fulbright #chevening #daad #erasmus Blog | Kutubxona | YouTube | Instagram
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily