😇Ruhiy va jismoniy kurashlar davomida paydo boʻlgan ingichka dor ustida hayot boʻylab odim otamiz. Ba'zan muvozanatni yoʻqotamiz, ba'zan esa yiqilamiz, ammo hayot davom etar ekan, yurishimiz toʻxtamaydi. Yurishimizga ma'no qoʻshadigan unsur bu hayotimizni ichki va tashqi tomondan tartibga solishdir. Hamma narsani muvozanatda saqlash albatta oson emas biroq atrof ivirsib ketmasdan avval tartibga solib qoʻyishni unutmaslik kerak.
😇Sinab koʻrishdan, saboq olishdan qoʻrqmaslik, qochmaslik lozim.
Hayot mazmunini toʻgʻri yashab, tajriba qilib oʻrganish mumkin. Qochish, yashirinish yechim boʻla olmaydi.
😇Bajara oladigan ishlaringizni tanlash oʻz qoʻlingizda. Birov tanlab qoʻlingizga tutqazgan ishni bajarishga majbur emassiz! Aslo! Qoʻlingizdan keladiganini bilishingiz, shu bilan birga, buni boshqara olishingiz sizga baxt va muvaffaqiyat eshiklarini ochadi.
#book_insights📖@MohiraBakhtiyarovna