View in Telegram
Mirzo Zominiy
Oʻzbekiston yoʻllari ta’miri oʻta-oʻta sekinligi / sifatsizligi va toza hojatxonalar deyarli yoʻqligi muammosi hal qilinsa, keyin Uchinchi Renessansga poydevor qoʻyilardi. #Kuzatuv @mirzo_zominiy
Mana necha haftalarki, Sirdaryo ustidagi koʻprik ta’mirlanishi ketyapti. Tushunaman – strategik obyekt, tushunaman – sifatli, mahkam ta’mirlanishi shart, lekin: • mamlakat poytaxtini uning markaziy, gʻarbiy, janubiy hududlari – bir necha viloyat bilan bogʻlaydigan; • iqtisod, logistika uchun deyarli yagona hisoblangan yoʻlda yuz minglab oʻzbekistonliklar, mehmonlarning vaqti isrof boʻlyapti. Bitta koʻprikni dadil, yaxshilab, zoʻr ta’mirlash uchun Markaziy Osiyodagi Uchinchi Renessans beshigi tebratuvchisining nahotki kuchi yetmasa? Kuchni iqtisodga va odamlar qulayligi uchun ham ajrataylik, iltimos. @mirzo_zominiy
Telegram Center
Telegram Center
Channel