Kommunikatsiya va tashkilotlar imiji tomonlama rakursdan qaraganda eng qizigʻi nima, bilasizmi –
bir sado chiqmagani.Kostyumlar, tonna-tonna qogʻozlar, xizmat mashinalari, binolar, katta-katta nomlar va familiyalar shunday muammolarga kelganda, mum tishlab qolishadi. Nahor osh, gender va populizmmi – olavering, qancha xohlasangiz.
Xalq doim qandaydir umid, najot, bir oydinlik kutib ilinj bilan nafas oladi. Koʻzlari achishib-achishib, allergiyadan qiynalib boʻlsayam, qisiq-qisiq koʻzlari bilan qaraydi, haligi Hollivud filmlaridagidek, soʻnggi bir haloskor qahramon kelishini kutadi.
Tutun va iflos havo ortidan esa, afsuski, u koʻrinmaydi, kelmaydi.Chunki unga, uning ortidan “shef”iga gap tegmasligi kerak. Bu zanglagan, qurum bosgan chakalakzor shunchalik chigalki, bir dumdor korchalon boshqa bir dumni bexos bosib qoʻyishdan, uyidan 3 mln AQSh dollari chiqib qolishidan yoki nimadir boʻlib yoʻq boʻlib ketishidan qoʻrqib yashaydi.
Gapirmaydi. Tashabbus koʻrsatmaydi. Saylovchi, vatandosh – “shef” emas bunday toifaga, “shef”ning “shef”iga ehtimol ma’qul kelmay qolishidan, tutaqib ketishlaridan qoʻrqishadi.
Shuning uchun ham biror rasmiy munosabat hamon yoʻq.
@mirzo_zominiy