#nega_aynan
Yalangʻoch statistika: Ma’lumotlarni vahima libosidan xalos etish
Statistika deganda kishi xayoliga oʻsha mashhur ibora keladi: "Yolgʻonning uch turi mavjud: yolgʻon, gʻirt yolgʻon va statistika". Bu gapda qanchalik jon bor oʻzi, umuman olganda statistika va uni oʻrganish qay darajada ahamiyatli?
Statistika — ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, talqin va taqdim etish ilmi. Matematikaning bu boʻlimi odatda murakkab va zerikarli fan sifatida qaraladi. Tarjima qilinayotgan kitobimizning ahamiyatli jihatlaridan biri — zerikarli ilmiy sohani sodda, tushunarli va oʻziga bogʻlab qoʻyadigan darajada qiziqarli tarzda oʻrgatishidir.
Kitob sizga statistik tahlil siyosat va biznes strategiyasidan tortib, shaxsiy tanlovlargacha bo‘lgan barcha darajadagi qarorlarni qanday shakllantirishini tushuntiradi. Uni oʻqir ekansiz, kompaniyalar mahsulotlarni taklif qilish uchun algoritmlardan qanday foydalanishi; shifoxonalar sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash uchun omon qolish ko‘rsatkichlarini qanday tahlil qilishi kabi murakkab jarayonlarni oddiy misollar va hazillar orqali tushunib olasiz.
Kitob sodda va qiziqarliligidan tashqari, kitobxonni tanqidiy fikrlash va tahlilga oʻrgatadi. Hozir ma’lumotlar oqimi juda keng, oqibatda odamlarni turli usulda manipulyatsiya qilish mumkin. Deylik, ommada biror taassurot uygʻotish uchun butun ma’lumotning faqat bir qisminigina e’lon qilish, grafiklarni buzib ko‘rsatish holatlari koʻp uchraydi. Kitobda bu usullar batafsil tushuntiriladi, soʻng o‘quvchi ma’lumot manbalarini tekshirish, ehtimoliy noxolisliklarni aniqlash va asosli qarorlar qabul qilish koʻnikmalarini egallaydi.
"Yalang‘och statistika" raqamlar ko‘pincha bizga ta’sir o‘tkazish va ba’zan aldash uchun ishlatiladigan dunyoda noto‘g‘ri axborotga qarshi qalqon vazifasini o‘taydi, deya olamiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Telegram |
Facebook |
Instagram |
YouTube |
X