Davlat dasturi loyihasining Muhokamasi bо‘lib о‘tdi
“О‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bо‘yicha Davlat dasturi va uni tasdiqlash tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Xalqimiz, turli soha vakillari, ziyolilar va yoshlar loyiha yuzasidan о‘z takliflarini taqdim etmoqda.
О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan dо‘stlik aloqalari qо‘mitasida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi tо‘g‘risidagi Farmoni loyihasining muhokamasi tashkil etildi.
Unda Qо‘mita rahbariyati va mutasaddilari, yurtimizda faoliyat olib borayotgan Milliy madaniy markazlar raislari va faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Aytish kerakki, sо‘nggi yillarda О‘zbekistonda qabul qilinayotgan muhim hujjatlar, ayniqsa mamlakatimizning taraqqiyotiga bevosita daxldor hisoblangan strategik hujjatlar loyihalarini tayyorlashda keng jamoatchilik, shuningdek xorijiy ekspertlar va xalqaro jamoatchilikning fikr-mulohazalarini о‘rganishga muhim ahamiyat qaratilmoqda.
Mazkur tadbir О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tо‘g‘risidagi Farmoni loyihasining mazmun-mohiyati va unda belgilanayotgan ustuvor chora-tadbirlar hamda vazifalar haqida ma’lumot berish, konseptual taklif, tavsiyalarini olish orqali xujjatni yanada takomillashtirish maqsadida о‘tkazildi.
Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yо‘nalish bо‘yicha 2025 yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar rо‘yxati va maqsadli kо‘rsatkichlar nazarda tutilmoqda.
Qо‘mita raisi о‘rinbosari Azamat Toshev О‘zbekiston 2030 strategiyasining 5 ta yо‘nalishi kesimida 2025 yil uchun mо‘ljallangan amaliy tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar rо‘yxati va maqsadli kо‘rsatkichlar mamlakatimiz barqarorligi va aholi farovonligini kafolatlashga xizmat qiladigan muhim strategik hujjat ekanini ta’kidlab о‘tdi. Davlat dasturi yuzasidan xalq fikri sо‘ralayotgani e’tiborga molik. Zero jamoatchilik muhokamasida avvlo muhim qarorlar qabul qilishda aholining xoxish-irodasini hisobga olish, bu maqsadni rо‘yobga chiqarish, davlat hokimiyatlar organlarining ochiqligi ularning shaffofligini kо‘rsatadi. Dastur loyihasini takomillashtirish bо‘yicha berilgan barcha takliflar shubxasiz О‘zbekiston 2030 strategiyasidagi keng kо‘lamli maqsad va vazifalarni joriy yilda samarali amalga oshirib, xalqimizning kundalik hayotida ijobiy о‘zgarishlarga erishish bо‘yicha tizimli haraktlarni davom ettirishga xizmat qiladi dedi.
О‘zaro muloqotda 2025 yilgi davlat dasturining mazmun mohiyati, unda belgilanayotgan ustuvor chora-tadbirlar, vazifalar haqida fikr almashildi. Ta’kidlanganidek, davlat dasturida 295 ta amaliy chora-tadbirlar, 87 ta normativ huquqiy hujjatlar, 269 ta maqsadli kо‘rsatkichlar belgilanishi nazarda tutilmoqda. Har bir shaxs о‘zining kasbiy faoliyatidan kelib chiqib о‘z fikr va takliflarini
uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirishmoqda.
Yuzinchi maqsad aynan jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan dо‘stlik aloqalarini rivojlantirish doirasidagi islohotlarni о‘z ichiga olgan bо‘lib, unda amalga oshirilishi kо‘zda tutilgan chora-tadbirlar haqida sо‘z bordi.
Tadbir doirasida milliy madaniy markazlar raislari О‘zbekistonda millatlararo munosabatlar sohasida olib borilayotgan siyosat, nodavlat notijorat tashkilotlarga yaratilgan keng imkoniyatlar uchun Davlatimiz rahbariyatiga о‘zlarining chuqur minnatdorchiliklarini bildirishdi.