Tadbirda sо‘zga chiqqan “Slavutich” Respublika ukrain madaniyat markazi raisi Vladimir Boyko, - Respublika tojik milliy madaniy markazi raisi Gulandam Subxanova, - О‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi Raxmatulla Djabbarov va markaz faollari о‘z navbatida xalqimizning kundalik hayotida ijobiy о‘zgarishlarga erishish bо‘yicha tizimli harakatlarni izchil davom ettirish, bunda har bir yurtdoshimiz mazkur dasturga о‘z munosabatini bildirishi va takliflar bilan faol ishtirok etishga da’vat qilishdi va xozirgi kunda kо‘pmillatli xalqimiz oldida turgan dolzarb vazifalarni bajarishga qaratilgan taklif-tafsiyalarini bildirishdi.
Qо‘mita yig‘ilishida davlat dasturi loyihasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish uni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarni berish borasida Qо‘mita oldida turgan vazifalar yuzasidan tegishli rejalar belgilab olindi.