Tug’ilgan kuningiz bilan, og’a!
***
Tangrim, meni "yo‘q" de so‘raganlarga,
Manzilimni o‘chir yuraklaridan.
Tush ko‘rganday bo‘lsin bul qari morboz,
Sira ko‘rinmayin istaklarida.
Yo‘q, qo‘l siltamadim, tushundim xolos,
Asli erta chiqdi mening savodim.
Buncha ko‘ngli nozik ko‘ngil bergansan!
Ruhimning taqvosin buzdi hayotim.
Tangrim, karaming keng, qattiq yashirgin,
Odam bo‘yi yetmas joylaring borku.
Qushlarning tushiga meni yashirgin,
Va’dangda tug‘ilmay yashash ham borku!
Yuragim sovqotdi, nazar qil, Egam,
So‘raganimni ber, so‘rmagandan qo‘rq!
Ustimni yopib qo‘y, ochilmas qilib,
Bilasan – ustimni ochgiligi yo‘q!
Shodmonqul SALOM
@mehrnoz_abbos