Kecha yozilgan post
Ajoyib kunlarning birida “Jadidlarga maktub” degan media loyihaga boraman, deb rozi bo’luvdim. Ertalabdan syomkaga tayyorlandim, mashinamdan tuflimni oldimu, taksi chaqirib ketaqoldim.
Toshkent City Mallning ichida edi syomka, 12 ga kelishgandik, vahimaa qilib, kaattta ijodiy jamoa bilan kutib turamiz sizni, deb yozishgandi. Bordim. Hech kim yo’q. Taklif qilgan jurnalistga yozsam, 13-kuniga kelishgandik-ku, bugun 12, dedi
🤦♀️
Eee, peshanekan, shuncha ishni ichida vaqtimni oldi, deb, endi taksi chaqiraman, duvdim. Qo’limdagi paket yo’qligi esga tushdi. Tuflim taksida qobketgan ekan)) Shafyorga telefon qilib, yo’li tushsa, tashlab ketishini iltimos qildim.
Ishxona to’la ishkal, ish ko’p edi, to’o’lliq “rahbar rejimi” yoqildi menda. Bu nimaga qilinmagan, mana bu ish nega kechikyapti va hokazo mashmashalar.
Aslida, jamoa bilan bir oilamiz, ammo ba’zan qattiqqo’llik, talabchanlik qilishga ham to’g’ri keladi.
Shu kayfiyatda Mustafoni olish uchun bog’chasiga borishim esimga tushib qoldi. Yana taksi chaqirdim. Chiqayotganda, ish yuzasidan telefonda kim bilandir tortishdim. Mashinaga chiqdim va qat’iy ohangda “yuring”, dedim. Mashinamizning orqasiga yetkazib berish xizmati xodimi mashinasini qo’ygan ekan, o’zi sumkasini ilib, ancha uzoqqa ketgan ekan. Shafyor ikki qo’llab signal bosdi, “Uzum”ning odami qo’lidagi ovqatni shartta yerga tashlab, kvant tezligida chopib kelib, mashinasini oldi.
Gap shundaki, meni kutib turgan shafyor unga: “mashinangizni buyoqqa qo’ymang, nozik odamni obketaman, kutib qolmasin”, degan. Kim u nozik odam desa, shartta prokuror devorgan:))
Menam g’irt “prokuror” obrazida kelganman: qovoq soliq, telefonda nimadir masalani jiddiy hal qilayotgan “opa”))) Shafyor gapiga o’zi ishonib ketib duduqlanib qolgani, anavi “Uzum”chi yashindek harakatlangani bejiz bo’magan))) Yo’l bo’yi shafyor voqeani aytib, ichagimni uzdi. “Meni oldindan ko’rganingizda bilardingiz, sovuq ter chiqib ketdi
😂 Prokurordan teparog’ini aytganimda, nimavo’lardi. O’zi nega prokuror chiqadi, deganimni umuman tushunmayapman, Xudo birinchi marta tilimga soldi, aurangiz esa hammani boshqardi”, deydi)))
Uyoqdan qaytib, Najmiddinning she’riyat kechasiga bordim. Yo’llar tirbandligi uchun uyoqqayam kechikdim, oxirida, “Ko’k bo’ri” she’riga chizilgan kartina auksionga qo’yilgan nuqtada qatnashib qoldim. Qitmirmasmanmi, narxlarni hazil-huzul qilib ko’taraverdim. 100 ming so’mdan boshlangan auksion 1000 dollarga yetdi va boshqa hech kim narx qo’shmadi. Natijada, bir oylik maoshimning boshginasiga suv quydim:)) Mingdan ming roziman. Lekin, kartinani olgani chiqqanimda, hali bo’yog’i qurimagan ekan, Najmiddinning yangi kostyum shimi ko’kka bo’yaldi. Bundan shoir rozimi, yo’qmi, bilmayman.
1000 dollarlik ishkalimning sharofati bilan avtobusda qaytdim uyga
😂
@mehrli_ishkal