Birinchi kitobim
2011-yilda “Men yoshlikman” degan birinchi kitobim chop etilgan. Tabiiyki, undayam ISHKAL bo’lgan:))
Men bilan bir safda chiqqan o’nlab ijodkor do’stlarimning hammasining kitobi risoladagidek. Ammo, menga kelganda…
She’rlarni lotinchada topshirganman, muharrir krillchaga o’girib o’qigan va chop etishga berishdan oldin yana lotinchaga o’girilgan. Natijada, texnik xato bilan hamma “ye” “e” harfiga aylanib ketgan.
Masalan,
“Har soatda aylanadi er”,
“Nuqul tovonini ishqalar erga”
16 yashar o’smir qizning kitobida er haqida she’rlar chiqqan, tasavvur qiling
🤣 O’sha paytda kitobga mas’ul bo’lgan Iqbol Mirzo “Bu qizni ertaga shu kitobini deb er olmasa nima qilamiz”, degan ekanlar
😂
Xullas, kelajagimni o’ylab, xatoni tuzatib, kitobni qaytadan bosishgan.
Xudoga shukr, ergayam, she’rgayam yolchib yurippiz😅
@mehrli_ishkal