View in Telegram
“Jimmyni izlab…” Jimmy Wales O’zbekistonga kelib, bizning “WikiStipendiya” jamoamiz bilan uchrashgani ancha shov-shuv bo’lyapti. Bu uchrashuv ortida ham albatta antiqa ishkal bor:)) Jamoamiz bilan uning O’zbekistonga kelishi haqidagi xabarni eshitib, o’zbekcha Vikipediya administratori Nodir Atayev orqali Jimmyning elektron manziliga xat yo’llagan edik. U rozi bo’ldi, 13:00 dan 15:00 oralig’ida vaqti bo’lishini, keyin to’g’ri aeroportga borib, uchib ketishini, Hilton mehmonxonasida kutishini yozdi. O’ntakam birda mehmonxona oldiga mashina yetib borgan. Jamoamiz vakili Durbek mehmonxona qabulxonasidan so’rasa, unaqa ism ro’yxatdan o’tmagan, debdi… Nodir akaga yozaman, javob kelmaydi, ularda vaqt tungi 3-4 larga to’g’ri kelgan. Aksiga olib, Jimmyning hech yo’q yordamchisining kontaktini olmagan ekanmiz. Erinmasdan Toshkentdagi hamma nufuzli mehmonxonalarni surishtirishga tushdik. Yo’q, hech qayerda nomi qayd etilmagan. Uni olib kelgan xususiy kompaniya vakiliga amallab aloqaga chiqdik: “Biz uni katta pulga obkelganmiz, shartnoma bo’yicha bizning roziligimizsiz hech qayerga borishi mumkinmas, qayerdaligini oshkor qilolmaymiz”, dedi. Uchrashuv zali tayyor, mehmonlar kutyapti, osh suzilgan, choy damlangan…hamma narsa bor… faqat Jimmy yo’q..) Oyog’i kuygan tovuqdek pitirchilab qoldik. Umidim o’ldi va shunda…mo’jiza tug’ildi. Ilojsizlik ichida loyiha menejeri Muhammadxonning xayoliga Hilton qabulxonasiga emas, kol markazga aloqaga chiqish xayoli keldi va… operatorning og’zidan “lop” etib, Jimmyning qaysi nomerdaligi chiqib ketdi) Bayraaam! Nihoyat, uni topdik. Xursaaandmiz. Lekin, soat allaqachon 2 dan oshgan. Endi rozi bo’lmasa-chi, belgilangan vaqtda uni obketmadik-ku, degan tashvish tushdi boshimizga. Muhammadxon bilan mehmonxonaga Jimmyni ko’ndirish, vaziyatni batafsil tushuntirish uchun yo’lga chiqdik. Hiltonga yetib bordik hamki, shafyor telefon qildi, Jimmy mashinamizda, ofisga boryapmiz. Shuncha kutib-kutib, mehmondan keyin ofisga kirib bordik. Jimmy ham o’zimizga o’xshagan ishkallardan ekan:)) Vaziyatni tabiiy qabul qildi, o’zi men bilan doim qandaydir muammolar sodir bo’ladi, dedi. Biram ichim yorishdi-yey, biram matvatsa oldim-ey, kimsan Vikipediya asoschisi Jimmy Wales ham ishkalchi ekanu, biz ham bo’lsak nima qipti?))) Ba’zi negativchilar palon pul sarflab obkelishibdi, deb yozibdi, ularning aslida shuncha ishkal bilan Jimmyni o’g’irlab kelganimizdan xabari yo’q:)) @mehrli_ishkal
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily