Airpods
Ko’p kuzatganman, ishkallarim allaqachon san’at darajasiga ko’tarilgan. Nega deysizmi? San’at nima uchun san’at? Betakrorligi uchun! San’atning eng katta talabi – orginallik. Mening sarguzashtlarim ham hech qachon bir-birini takrorlamaydi, har gal o’ziga xos ravishda ro’y beradi.
Masalan, yaqinda, qaynonamning tug’ilgan kunlarida Iphone 16 ProMax olgandik sovg’aga. Bundan xabar topgan 2-3 ta yaqin insonlarim tinimsiz yo’qotib qo’ymasligimni tayinladi. 1 hafta oldin olgan bo’lsak, har kuni joyida turibdimi, deb so’rashdi. O’zimam juda xushyor bo’ldim, tug’ilgan kun kelguncha, qo’yilgan joydan olmadim. Ammo, lekin birooq… voqea boshqacharoq sodir bo’ldi. Xullas, o’sha kuni Xushnud aka safarda bo’lganlari uchun sovg’ani eson-omon egasiga yetkazish vazifasi menga topshirilgandi. Telefonni shkafga berkitganlar va yonida airpods (quloqchin) ham bo’lgan.
Mening mehrim jo’shib, 1 kun oldin 2 ta karobkaniyam o’ratib, bantiklar bog’latib kelganman.
Soat 12 ga bong urishi bilan sovg’a topshirish marosimini boshladim. Bir dunyo qarindoshlarimiz “syurpriz” qilib, tabriklagani kelishdi. Hamma sovg’alar bir-bir ko’zdan kechirilyapti.
Men oyijonga qayta -qayta “oyijon, Iphonni yoniga qo’shib airpods ham olibdilar o’g’lingiz, mazza qib musiqalarni, podkastlarni eshitib yurasiz”, deb targ’ib qib yotibman. Bir vaqt bir qarindoshimiz qiziqib, airpods “karobkasi”ni ochib qarasa, ichida yo’q-daa. Biiir uy odam kechasi soat 1 da airpods qidirdi. “Stolni tagiga tushib ketgan”, “divanni orasidamikin”, “gilamni ko’taraylik-chi”… Yangi narsa qanday yo’qoladi, bo’lishi mumkinmas, deyman men. Axiyri, telefonni obergan odamga – Xushnud akaga videoqo’ng’iroq qilib, airpods qanii, deb so’rasam, iya, hech qanaqa airpods yo’g’iydi…deeeb o’tiribdilar.
Gap shundaki, men shkafda telefonning yonida turgan bo’sh “karobka”ning ichida yangi airpods bor deb o’ylaganman va zing’illabgina borib, ikkalisini alohida-alohida, vahimalii qilib o’ratib kelganman)))
Ishkalim “fosh” bo’lgach, oraga bir nech soniya jimlik cho’kdi va “endi o’zizga o’xshadingiz, Mehrinoz” degan ovoz keldi qayerdandir… Gurillab kulvordik.
Yo’q, men hamma narsani gulini guliga, holini holiga qilib taxlagandim, tayyorlagandim, baribir nimadir bo’ldi.
Otimni boshqa qo’ysammikin a?
Shunda ishkallarim kamayarmikin?
@mehrli_ishkal