Talabalikning birinchi yilida har kuni avtobus va tramvayda adashaverganimdan oxiri o’qishga piyoda borib keladigan bo’luvdim)) Sabab faqat adashishmasdi, pulim yotoqxonada yo’qolib qolaverardi negadir:) Uydagilarga yana yo’qotdim deyishga xijolat bo’lib, azonda 6 da yo’lga chiqib, shundayam kechikib darsga yetib borardim. O’sha vaqtda shu voqealar kulgili emas edi, lekin kun kelib, o’sha hikoyalarim latifaga aylanib ketishini ichimdan his qilardim.
Xoh qayg’uli, xoh quvonchli kun bo’lsin,
hammasi o’tadi, degan jumlani hecham unutmaslik kerak ekan. Hozir bor, faqat hozir. Qolgani mavhum.
@mehrli_ishkal