10 oy “bolnichniy”da yurgan odamga “rasshotniy” chiqadimi?#savolimbor Уважаемые коллеги! Подскажите пжл, если работник был на больничном 10 мес. в году (туберкулез), при увольнении этот период входит в расчет компенсации отпускных при увольнении?
https://t.center/mehnathuquqi javobi
📤:
MK 234-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.
Endi savol tug’iladi, xodim 10 oy bolnichniyda bo’lganku❓ 10 oy ham bolnichniyda bo’lish mumkinmi❓ “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2667 ) 22-bandiga ko’ra, quyidagi hollarda bemor tegishli tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga (TIEK) yuboriladi:
aynan bir kasallik bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri uzluksiz
4️⃣ oyni tashkil qilsa, sil kasalligi bundan mustasno;
aynan bir kasallik bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri tanaffus bilan o‘n ikki oy mobaynida jami
6️⃣ oyni tashkil qilsa, sil kasalligi bundan mustasno;
sil kasalligi birinchi marta aniqlanganda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri kasallik aniqlangan kundan boshlab kamida
1️⃣0️⃣ oyni tashkil qilsa;
silga qarshi kurashish muassasasida hisobda turgan bemorda asosiy kasallik kuchaygan — vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangandan keyin mehnatga layoqatsizlik davri kamida olti oyni tashkil qilsa. Batafsil ma'lumot uchun 2667 yo'riqnomaning 22-26-bandlarini o'qib chiqing!
MK 281-moddasiga ko’ra, ish beruvchi xodimga qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rtacha ish haqi yoki uning bir qismi miqdorida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lashi shart.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida” Nizom
vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibini belgilaydi.MK 226-moddasiga ko’ra,
xodim haqiqatda ishlamagan, lekin mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq uning ish o‘rni (lavozimi) saqlangan vaqt har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga kiradi.
❗️Demak, xodimning bolnichniyda bo’lgan davri ham har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga kiradi hamda shartnoma bekor qilinsa pulli kompensatsiya to‘lanadi.
❗️MK 172-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.
Hisob-kitob xodimga:
oxirigacha olinmagan ish haqini;
xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni;
agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi.
Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi. Batafsil ma'lumot uchun: MK 172, 234, 254, 281, 333 - moddalarini o'qib chiqing!
Ekspertga murojaat:
@MuhammadaminKarimjonovTelegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang
👇https://t.center/mehnathuquqi