Uber qanday qilib taksi sohasini o'zgartirdi?
Odamlar bir paytlar taksi topish uchun ko'chalarda vaqt yo'qotgan bo'lsa, bugun barchasi oddiy: bir necha tugmani bosish orqali avtomobil darvoza oldida kutib turadi.
Uber qanday qilib butun dunyo bo'ylab transport xizmatlarini yangi darajaga olib chiqdi?
2008-yil. Parijdagi sovuq qish kechasi. Garrett Kamp va Travis Kalanik taksi topolmay qolib ketishdi va shu vaqtda ularda mobil ilova orqali avtomobil buyurtma qilish g‘oyasi tug‘ildi. Oddiy fikr milliard dollarlik startapga aylandi va butun dunyo bo'ylab mashhur bo‘ldi.
Nega Uber shu darajada muvaffaqiyat qozondi?
Uber nafaqat qulay va arzon xizmatlarni taklif etdi, balki yo'lovchilar va haydovchilar uchun ishonchli tizim yaratdi. Yo'lovchi mashina kelishini real vaqt rejimida kuzatadi, haydovchilar esa moslashuvchan soatlar va qo'shimcha daromadga ega bo'ladi. Har ikki tomon uchun ham qulay va manfaatli hamkorlik edi.
Bugungi kunda
Uber 70 mamlakatda 131 milliondan ortiq foydalanuvchiga xizmat ko'rsatmoqda.
Marketing oʻzbek tilida —
@marketingbolimi