Kanal ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlari, davlat xizmatchilari, “mahalla yettiligi” va aholi uchun foydali manbalarni taqdim etadi.
Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal.
Agar akang vafot etsa, o‘ng qo‘ling kesilganday bo‘ladi.
Agar onang vafot etsa, nuring o‘chadi.
Agar singling yoki opang vafot etsa, tabassuming ketadi.
Agar do‘sting vafot etsa, ko‘z nuringdan ayrilgandek bo‘lasan.
Hayot juda qisqa! Uni gina-kudurat, adovat, hasad, munofiqlik qilish, qarindosh va yaqinlar bilan aloqani uzishga sarflab yuborish aslo to‘g‘ri emas. Har bir ish ertaga xotiraga aylanadi. Shunday ekan, tabassum bilan yuring.
Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutgan Farg‘onalik yigit hikoyasi
✔️ Oltiariqlik 17 yoshli Azizbek Zaylobiddinov hozir Toshkent xalqaro Vestminster universiteti qoshidagi akademik liseyning 2-bosqich o‘quvchisi.
⚡️ IELTS'dan 8, SAT imtihonidan 1520 ball olgan. 2024 yilda dunyoning nufuzli oliygohlaridan biri Harvard universitetiga 100 foizlik grantni qo‘lga kiritdi.
📖 Ilm deb o‘qimoq va yozmoqni yaxshi bilmoq, har bir kerakli narsalarni o‘rganmoqqa aytiladi. Ilm — dunyoning izzati, oxiratning sharofati. Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir.
🟢1. Ota-ona duosi —Ularning duosi bilan ilming mukammal va ziyoda bo'lur, Ishonmasang ertalab qo'llaringni duoga och.
🟢2. Ustozlar duosi — Ilm olinmaydi, u yuqadi. Ustozlarimizni sevaylik va sevilaylik, shunda ustozingni tajribasini o'zingda ko'rasan.
🟢3. Xulq-atvor — O'ta darajada jiddiy yurish kibrga olib keladi va o'rganish sustlashtiradi, o'rgangan narsalaringni kibr ila ishlatma, mehr ila ishlat.
🟢4. Dars qoldirmaslik — Bugungi qilinmagan dars + ertangi dars og'irlik qiladi, Ertangi og'irlik qilingan ish bu sening sustlashayotganligingdan dalolat.
🟢5.Vaqt — Vaqt hech qachon kelmaydi. Vaqt faqat ketadi.
💪 Boshqalar uxlayotganda, sen ishla, ❗️ Boshqalar dangasalik qilayotganda, sen g‘ayratingni ko‘rsat, 🔥 Boshqalar taslim bo‘lganda, sen kurash, ✅ Boshqalar ko‘ngilxushlik qilayotganda sen maqsading sari dadil qadam bos.
Shunda boshqalar qanday qilib muvaffaqiyatga erishganingni tushunmay hayron bo‘lib turishganida, sen keyingi rejalaringni tuzayotgan bo‘lasan.
Yaponiyada kallayi saharlab mana shunday navbatlar bo‘lar ekan. Ular oshga yoki metanga navbat turishgani yo‘q. Ular kitobga navbatga turishibdi.
Bunaqa holatlar biz uchun erish tuyulishi tabiiy. Chunki biz ilm uchun vaqtimizni sarflashga erinamiz. Biroq, kallayi saharlab osh desa uyqumizdan voz kechib bo‘lsa ham boraveramiz.