Sun’iy intellekt — marketolog yordamchisi
Yaqinda AI qanday marketologlarning ishini olib qo‘yishi haqida
yozgan edim.
Sun’iy intellekt mavzusini yana davom ettiramiz:
O‘zim ham doim takrorlanib turadigan va ma’lumot izlash talab qiladigan vazifalarni asosan AI’ga topshiraman.
Masalan,
ChatGPT. U menga:
yangi g‘oyalar izlash;
referenslar topish;
to‘g‘ri prompt'lar ishlab chiqish;
kontent reja tuzish va har xil savollarimga javob olishga yordam beradi.
Hozirda bunday AI vositalari juda ko‘p. Ammo ularning hammasi ham foyda bermaydi.
Ularning har birini tekshirib chiqish — imkonsiz.
Shuning uchun sizlarga bir taklifim bor:
O‘zingiz sinab ko‘rib,
foydali deb topgan sun’iy intellektlarni va ularning xususiyatlarini izohlarda yozing.
Men jamoam bilan ularni ko‘rib chiqib, eng yaxshilarini tanlab, har biri haqida post chiqaraman.
Agar siz izohga yozgan AI haqiqatda manfaatli bo‘lsa va uni tanlab olsak, sizga sovg‘a bor.
#marketing_AI
@maqsadli_mijoz