View in Telegram
“Sun’iy intellekt marketologlarning ishini olib qo‘yadi” deyishadi, shu to‘g‘rimi? Hech kim kelajakni oldindan 100% bashorat qila olmaydi. Men faqat o‘z tajribamdan kelib chiqib, taxminimni aytaman. Javobim: HA va YO‘Q. Hozir tushuntiraman. HA, sizni ishdan bo‘shatadi. Agar sizning vazifangiz: • ma’lumotlarni kiritish va rejalashtirish; • ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash; • aniq qoidalarga asoslangan qarorlar qabul qilish bo‘lsa, bu vazifalarni AI yordamida bemalol avtomatlashtirish mumkin. YO‘Q, sizning ishingizni olib qo‘ymaydi. Agar sizda: • liderlik; • jamoa bo‘lib ishlash; • his-tuyg‘ularni tushunish; • kreativlik va innovatsiya; • murakkab muammolarni hal qilish; • tanqidiy fikrlash; • intuitsiya va moslashuvchanlik; • chiroyli muomala; • ishonch uyg‘otish kabi qobiliyatlar bo‘lsa, sizning o‘rningizni robotlar egallab olishi imkonsiz. Siz qanday fikrdasiz? Javoblaringizni izohlarda qoldiring. 🔔 Post foydali bo‘lsa, uni marketing sohasidagi do‘stlaringizga ham yuborishni unutmang. #shu_togrimi @maqsadli_mijoz
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily