Assalomu alaykum bugungi fayzli chat dasturining aziz mehmoni-shoir MAHMUD ABDULHAMID.
Ehtirom kechangiz muborak bo‘lsin.
Ijod yo'lingizga yuksak muvaffaqiyatlar,umr yoshingizga sermazmun lahzalar hamroh bo‘lsin,Insha'Alloh!
Shoir MAHMUD ABDULHAMIDga...
Qarog'ida qat'iyat,iymon uyg'oq bo'yida,
Ijodiga hamnafas, ilhom qaynoq o'yida.
Keng tafakkur sohibi,sara sardor safida,
Intiluvchan, izlanish, ilmu-ta'lim ko'yida!
Mahmudjon Abdulhamid-satrlarda so'zi bor,
Kafti ash'or bitajak,qalamining izi bor.
Ilohiy ilhom hamroh,misralari ma'noli,
Allohim suygan banda,iste'dodli ijodkor.
Samimiylik sezilar,ko'zi kulib turganda,
Yaxshilikni o'ylaydi,har dam xayol surganda.
Farishtalar duoda,ezgu niyatlari mo'l,
Ko'ksidagi yuragi,shukur bilan urganda.
Alloh fayzu-baraka,ulashsin bandam desin,
O'ziga suyuk,elda aziz,mukarram etsin.
Barcha orzu-niyati,ijobat bo'lsin doim,
Nasib,ikki dunyoning saodatiga yetsin.
Ijodiy barkamollik va bardavomlik doimiy hamrohlik qilsin deb hurmat bilan
✍AHMEDOVA NASIBA BERDIMURODOVNA7.01.2025yil
22:30