View in Telegram
Juda ham ko‘plab chet elliklar o‘zbeklardan aktivni ko‘tarib olishmoqda. Xalqimiz juda ham aktiv, ko‘pgina hamyurtlarimiz, asosan yoshlar Instagram ijtimoiy tarmog‘ida juda ham faol. Reelsdagi mavzularga shu qadar kreativ javoblar berishadiki, men uchun xalqimizdan ko‘ra kreativ mamlakat bu dunyoda yo‘q deb o‘ylab qolaman. Men sezib qolgan holat esa biroz boshqa mavzuda. Gap shundaki, Yevropa yoki dunyoning boshqa nuqtasidagi insonlar O‘zbekistonliklar juda ham aktiv ekanligini sezib qolishgan. Masalan, Rossiyaning SSKA futbol klubida to‘p surayotgan yurtdoshimiz Abbos Fayzullayevni olaylik. Klub SMM mutaxassislari undan foydalangan holda o‘z aktivlarini topga olib chiqmoqdalar deyish qiyin emas. Klub akkauntiga o‘tib tahlil qilishingiz mumkin, boshqa futbolchilar bilan qo‘yilgan postlarda o‘rtacha 40.000 tomosha bo‘lsa Abbos ishtirokidagi postlar kamida 400.000! YA’NI 10 BAROBAR!!! Abduqodir Husanov borasida ham xuddi shunday natijalarni keltirish mumkin. Klub o‘rtacha 100.000 tomoshalar oladi. Lekin aynan Husanov bilan qo‘yilgan postlarning ba’zilari 1.000.000 dan oshgan. Demoqchi bo‘lganim, Rossiya chempionati ham Fransiya ligasi ham Yevropaning top musobaqalari qatoriga kiradi. Vatandoshlarimiz bu mintaqalarda borib to‘p tepishidan juda ham mamnunmiz. Lekin, meni hayron qoldiradigan holat shundaki, bizni qanday aktiv inson ekanligimizni xalqimizning o‘zi hali anglab yetmagan. Boshqalar doim bizdan oldin buni tushunib, bundan foydalanmoqda... Albatta bu maqola uyg‘oninglar deyish uchun yozilmagan, lekin shu aktivlikni boshqa joylarda ham ko‘rsatishini chin ko‘nglimdan istagan bo‘lardim... @magnitofficial
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily