1963-yilda AQSH prezidenti Jon Kennedi o‘ldirilishi butun dunyoda jiddiy aks-sado bergan. Kimlardir bunda SSSR qo‘lini ko‘rgan, ba’zilar vitse-prezident Lindon Jonsonni ayblagan, ko‘pchilik FQB rahbari Edgar Guverni qotil deb atagan. Ko‘plab nashrlar ushbu qotillikni asr jinoyati va siri deb ta’riflagan. Lekin bari ancha oson,
Kennedini o‘ldirgan odam buni o‘zi ham tan olgan.
Bu —
Gaiti prezidenti Fransua Dyuvalye. U Kennedini o‘ldirishini bir necha oy oldindan e’lon qilgan va AQSH prezidenti halok bo‘lgandan so‘ng yanada mashhurlikka erishgan.
Bu qanday bo‘lganini bilish uchun Dyuvalye va Gaiti tarixini bilish lozim. Afrika va mahalliy hindular avlodi bo‘lgan gaitiliklar katolizm hamda majusiy dinlar qorishmasi —
vuduga topinadi. Uning o‘ziga xos tomoni, unda sehrgarlarga alohida ishonch bor va ular insonlarni sehrlashiga to‘la ishoniladi. Sehrlangan insonlar
“zombi”lar (bizdagi
“manqurt”ning muqobili) deb ataladi.
Hokimiyatni egallagan Dyuvalye umrbod diktatorga aylanish uchun
aholining diniy his-tuyg‘ularidan ustalik bilan foydalangan. U o‘zini “zombilar hukmdori”, buyuk sehrgar sifatida tanitgan. Bu yo‘lda mushuk qoni bilan to‘ldirilgan vannada cho‘milgan, echki ichaklariga qarab fol ochgan va hokazo. Vudu afsonlaridan kelib chiqib, o‘zining sehrgarlar gvardiyasi — tonton-makutni tuzgan. Ushbu nom bolalarni o‘g‘rilab, keyin ularni yeydigan qahramon nomidan olingan va aholiga qo‘shimcha qo‘rquv bergan. Diktator gvardiyasi haqiqatdan ham fuqarolar va siyosiy raqiblar shafqatsiz usullar bilan yo‘q qilgan.
Xullas, Dyuvalye hokimiyatda AQSH yordamiga suyangan. SSSR bilan raqobatdagi AQSH ittifoqdoshlarni yo‘qotmaslik uchun ulardagi har qanday xunrezliklarga ko‘z yumardi (masalan, Vetnamdagidek). Qolaversa, ma’lumotlarga ko‘ra, kohin Dyuvalye va uning shotirlari har kuni minglab gaitiliklardan majburan qon olib, uni AQSH’ga donorlik uchun sotgan.
AQSH rahbariyati Dyuvalyening qilmishlariga ko‘z yumgan. Faqatgina barchadan ajralib turuvchi Jon Kennedi Dyuvalyedek qonxo‘rni qo‘llashni istamagan. U Vashingtonning Gaitiga barcha yordamini to‘xtatishga buyruq bergan. AQSH bilan qalin aloqalarga ega bo‘lgan Dyuvalye Kennedi AQSH elitasida katta avtoritetga ega emasligi, Amerikaning asl egalari uni qo‘llamasligi va uni yo‘q qilmoqchi ekanidan xabar topadi. U Dallasdagi suiqasddan olti oy oldin Kennedining vudu qo‘g‘irchog‘ini yasaydi va unga
2222 marta igna sanchadi hamda endi AQSH prezidenti aniq o‘lishini e’lon qiladi. Albatta, bunday ahmoqona ishni Vashintonda hech kim jiddiy qabul
qilmaydi. Kennedi o‘ldirilgach, Gaiti aholisi Dyuvalyening sehrgar ekaniga mutlaq ishonadi va endi qandaydir shubha haqida gapirish ham mumkin emasdi. Dyuvalye va uning shotirlari esa Gaitini dunyodagi eng qashshoq davlatga aylantirishni davom etadi. Bugun Gaiti jahondagi eng kambag‘al, beqaror davlat bo‘lsa, u bilan bir orolda joylashgan Dominikana eng farovon, turistik mamlakat. Diktatura davlatni qanchalik xarob qilishiga Gaiti eng yaxshi misollardan biri.
Pastdagi rasmda Fransua Dyuvalye✍️pan_diplomat
@magnitofficial