Yaqinda Jizzaxga borsam, uydagilar televizor ko’rib o’tirishibdi. Televizorda Erdog’anni ko’rsatyapti.
Man: Erdog’anni rasmga olganman! – … – Hah, ana Shols bilan Makronni ko’rsatdi, ularniyam rasmga olganman! Ayam: Pollarni yuvdingmi? Bor, ovqatga sabzi art, hali changlarni artishing kerak, tez-tez bo’l!
2019-yilda Tramp haqidagi multserialni ko'rgandim. Siyosiy multseriallar ichida eng sifatli va qiziqarlilaridan biri, deb ayta olaman. Link bermayman, o'zinglar izlab topinglar.
Shunaqa rasmlarni olayotganimda bankirlar: — Falonchi bankning xodimi pora bilan qo'lga tushdi, degan xabarlarda ishlatasizmi? — Ha, yoki qamaldi, deganlarida. Yaqinda tergovchiga braslet kiydirib rasmga olgandim, qamaldi, deb. Rosa qo'rqdi — Boshlig'imni chaqirib kelay, o'g'irlamayotganimni ko'rib tursinlar
🤷♂️Bu Donald Trampning inauguratsiya uchun chiqarilgan rasmiy prezidentlik portreti
Ammo rasm katta shov-shuvga sabab bo‘ldi va 2023-yilda Jorjiya shtatining Fulton okrugi qamoqxonasida olingan mashhur politsiya surati bilan qiyoslandi.
😊Inauguratsiya uchun chiqarilgan rasm juda jiddiy ko‘rinishda va media va ijtimoiy tarmoqlarda ikki suratning taqqoslanishiga sabab bo‘ldi.
Oq uyning G’arbiy qanoti, odatda vitse-prezident va uning turmush o’rtog’i aks etgan fotosuratlar ilinadigan ramkalar yangi rahbariyat kelishidan avval bo’sh. Ma’muriy binoning rasmiy fotograflaridan biri Lorens Jekson Instagramida bu haqda post yozib qoldirdi.