View in Telegram
«30 gacha ulgirish kerak!» 24 yoshimda o‘zimni boshqa sohada sinab ko‘rmoqchi bo‘lganimda hayolimda birgina fikr bo’lgan: “Hammasini boshidan boshlashga endi kech!” Keyin esa o‘zimga savol berdim: Agar o‘rtacha umr ko‘rish 74 yil bo‘lsa, demak menda hali 50 yil bor. Nahotki shu yarim asrni yoqtirmagan ishda ishlasam? O’zim uchun javob topa oldim. Va 7 yillik tajribamni ortda qoldirib, noldan yangi professional yo‘lni boshladim. Ko‘pchilikning miyasida “30 gacha” yoki “40 gacha” degan tushunarsiz deadline-lar bor. Lekin yoshni emas, kelgusi umringiz haqida o‘ylashni boshlasangiz, hayotingizda ko‘p narsa yaxshi tarafga o‘zgaradi, minimcha. Shunda tushunasiz: • Dekretda o‘tgan 1-2 yil uncha ko’p emas. • 5-7 yil bir sohada ishlash juda ham uzoq emas. • O‘qish va o‘zingizni topishga sarflangan bir necha yil, yoqtirmagan ishingizda 20-30 yil o‘tganidan ancha yaxshiroq. Menda xulosa bitta: vaqt nisbiy, keraksiz muddatlarga hayotingizni boshqarishga yo’l qo’ymang! @latipovasamira
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily