View in Telegram
Hayot sohalariga qanday qilib priotitet qo’yaman? Hayotning barcha sohalarida muvozanat bo‘lishi kerakligini targ‘ib qiluvchi mashhur “Muvozanat g‘ildiragi” (Wheel of Balance) degan atama haqida balki eshitgandirsiz. Ammo real hayotda bu usul har doim ham ishlayvermaydi. Hayotning qaysidir davrida bir sohaga e’tibor kuchayib, qolganlari bir oz chetga suriladi. Masalan, hozir mening hayotimda oilam eng yuqori proiritetda. Ammo har doim ham bunday bo‘lmagan. 23-25 yoshimda men uchun moliyaviy mustaqillik muhimroq edi, shunga ishga ko‘proq e’tibor berganman. Undan han oldin esa do‘stlar va networking birinchi o‘rinda bo‘lgan. Mukammal muvozanatga intilish mantiqsizligini tushindim. Muhimi, 2ta savolga javob berish ekan: Hozir men uchun NIMA muhim? Yana 5 yildan keyin nimadan afsuslanaman? Shu savollarga javob bersangiz, ko‘proq aniqlik paydo bo‘ladi. Masalan, o‘tgan hafta men deyarli kanalni yuritmadim, chunki qizimning salomatligi va mening o‘z sog‘ligim boshqa barcha sohalardan ustunroq edi. Do‘stlarim bilan uchrashmadim, tadbirlarga bormadim, ish uchrashuvlarini bekor qildim va bu qarorimdan aniq afsuslanmayman. @latipovasamira
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily