Yil yakunlarini sarhisob qilishga shoshilmang
Dekabr kelishi bilan ko’pchilik yil davomida qilgan ishlarini/natijalarini tahlil qilib, sarhisob qiladi. Bazilar o’zini boshqalar bilan solishtirib, “
men omadsizman” degan xulosa chiqaradi ham.
Ammo, aksariyat odamlar yil sarhisobi qilishga SHOSHADI.
Tushuntirish uchun tarixiy misol keltiraman:
1972-yil. Stiven ismli yosh ingliz tili o’qituvchisi rafiqasi va bolalari bilan kichkinagina uyda yashab, daromadi oilasini boqishga zo’rg’a yetib kun kechiradi. Uning qashshoq va mashaqqatli hayoti ko’pchilik uchun “omadsizlik” bo’lib tuyulishi mumkin.
Lekin aynan o’sha 1972-yilda Stiven bir roman yozishni boshlaydi. U bu asarni ko’p marta nashriyotlarga jo’natadi, biroq 30 dan ortiq rad javobi oladi. Hafsalasi pir bo’lib, qo’lyozmani chiqindi chelagiga uloqtiradi. Turmush o’rtog’i esa bu qo’lyozmani axlatdan olib, uni davom ettirishga undaydi.
Nihoyat, “Kerri” deb nomlangan roman bosmadan chiqib,
Stiven King-ga ilk katta muvaffaqiyat olib keladi.
Endi o’ylab ko’ring: Stivenning 1972-yili omadsiz bo’lganmi yoki muvaffaqiyatga qadam bosilgan yilmi? Menimcha, hammasi qay tarafdan qarashga bog’liq.
Har bir yilimiz natijaga olib keluvchi bir
bosqich bo’lishi mumkin. Va bu jarayonning qadriga yetish muhim.
@latipovasamira