Time management aslida nima uchun kerak?
8 yil oldin
kommersant.uz tahririyatida part-time jurnalist bo‘lib ishlaganimda time management haqida maqola yozganman. Bir qancha muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan suhbatlashib, ularga time management mavzusida savollar berganman.
Maqola ustida ishlash o’zimga juda qiziqarli bo’lgan. Ayniqsa tadbirkorlardan biri uchrashuvga 1,5 soat kechikkanida))) (
kimligi sir bo’la qolsin)
O’sha inson suhbat davomida vaqtdan qanday foydalanishidan ko‘ra, o‘zi uchun nima muhim ekanini ko‘proq gapirgan. U har doim oilasini birinchi o‘ringa qo‘yishini, sport va o‘ziga vaqt ajratishni unutmasligini bir necha marta ta’kidlagan.
Shunda men bir narsani tushunganman:
Time management - hamma narsaga ulgurish emas, balki hayotdagi eng muhim narsalar/odamlar uchun vaqt topa olish ekan. Qanchalik band odam bo’lsang ham.
@latipovasamira