View in Telegram
“Kompaniyada ekspatlar migrantlar ko‘payib, yuqori lavozimlarni egallab olishmoqda” Bu mavzu bo‘yicha ko‘plab anonim xabarlar kelibdi. Shuning uchun o‘z fikrlarimni shu yerda yozmoqchiman. Ochig‘i, o‘zim ham bu holatni tushunaman va boshdan kechirganman. Yillar davomida kompaniyada yoki loyihada ishlaganingdan so‘ng, tajribasi kuchliroq bo‘lgan biror ekspat kelib, sening rahbaring bo‘lib qolsa, adolatsizlikdek tuyulishi mumkin. Dastlab, bunday holatlarga duch kelganimda, o‘zimda yetishmayotgan jihatlarni qidirardim va ularni rivojlantirishga harakat qilardim. Bu, asosan, qattiq ko‘nikmalar (hard skills) va ularni ishda to‘g‘ri qo‘llashga tegishli edi. Keyinchalik yondashuvimni sal o‘zgartirdim. E’tiborimni o‘z kuchli tomonlarimga qaratdim. Masalan: o‘zbek tilini bilishim, mahalliy odamlar bilan samarali muloqot qila olishim va O’zbekiston bozorini tushunishim. Aynan shu fazilatlar meni top kompaniyalarda ishlagan tajribali mutaxassislardan ustun qilishini tushundim. Ushbu kanalni o‘qiyotgan har bir qora ko’zga bir gap aytmoqchiman: sizning rezyumeingizda top kompaniya tajribasi bo‘lmasa ham, bu sizni ekspatlardan yomonroq qilmaydi. Chunki qattiq ko‘nikmalarni (hard skills) o‘rganish nisbatan oson, lekin yumshoq ko‘nikmalarni (soft skills) rivojlantirish ancha qiyin, vaqt talab qiladigan va qimmat jarayondir. Shu sabab, kuchli tomonlaringizga e’tibor qarating. O’z ustingizda tinimsiz ishlang. Yechim faqat ilmda va izlanishda. @latipovasamira
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily