“Yaxshi mahsulot o‘zini o‘zi sotadi” degan gapga ishonmayman!
Oylar va minglab dollarlarni sarflab, mahsulot yaratasiz, storlarga joylaysiz, lekin… foydalanuvchilar soni kam yoki umuman yo‘q.
Shunda o‘zingizga savol berasiz:
“Axir yaxshi mahsulot yaratsam, odamlar o‘zlari do‘stlariga tavsiya qiladi deyishgandiku?”
Gap shundaki, ko‘p mahsulotlar “o‘z-o‘zidan” uchmaydi. Internetda o‘qiganingiz yoki eshitgan “viral” muvaffaqiyat hikoyalari noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otadi:
go‘yoki, faqat yaxshi mahsulotning o‘zi kifoyadek.
Menimcha, hech qanday marketingsiz o‘sish juda qiyin.
Albatta, kamroq xarajat bilan foydalanuvchilarni jalb qilish yo‘llarini topish mumkin (masalan: PR, SEO yoki kreativ yondashuv bilan).
Lekin umuman marketing va sotuvsiz - nikak (
shaxsiy subyektiv fikrim)
@latipovasamira