Agar mendan “Qaysi ko‘nikma eng muhim?” deb so‘rashsa, men:
Odamlar bilan muloqot qilish (communication) deb javob bergan bo‘lardim.
TechWomen dasturi davomida AQShda bo‘lganimda, bizga communication bo‘yicha qiziqarli workshop o‘tkazishgandi. O‘shanda shuni o‘rganganman: odamlar gapni qanday qabul qilishlari ko’p hollarda madaniyatga bog‘liq ekan (high context va low context culture).
Masalan, siz uchun oddiy bo‘lib tuyulgan gap, yapon madaniyati vakiliga qo‘pol tuyulishi mumkin, chunki ular odatda bilvosita gapirishadi. Shu sababli, yaponlar high context-ga mansub ekan.
Siz qaysi muloqot madaniyatiga yaqinroqsiz? Men uchun, masalan, low context qulayroq, lekin high context odamlar bilan ham yaxshi chiqishaman.
@latipovasamira