🔬 Laboratoriya sohasidagi eng so'nggi yangiliklar
📚 Ilmiy tadqiqotlar va maqolalar
👩⚕️ Mutaxassislardan ma'ruzalar va maslahatlar
👥 Munozara va tajriba almashish
Hamkorlik | Reklama: @dr_uralovich
🦠Trixomoniaz — jinsiy yo‘l bilan yuqadigan parazitar kasallik bo‘lib, Trichomonas vaginalis paraziti sabab bo‘ladi. Klinik laboratoriyada trixomoniaz diagnostikasining o‘ziga xos muhimligi bor, chunki alomatlar ko‘pincha yashirin bo‘ladi va kasallikni tashxislash faqat laborator usullar yordamida aniqlanadi.
🔬Klinik laboratoriyada trixomoniaz diagnostikasi
💠Namuna olish: Trixomoniaz uchun asosiy namuna ayollarda qindan yoki siydik yo‘llaridan, erkaklarda esa siydik yo‘llaridan olinadi. Namuna olish vaqtida tozalik va biomaterial sifatiga e’tibor berish zarur.
⚙️ Tahlil usullari: -Mikroskopiya -Kultura usuli -Polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) -Antigen testi
✔️Interpretatsiya va natijalarni baholash: Tahlil natijalari laboratoriya mutaxassislari tomonidan baholanadi. Agar parazit topilsa, bemor va uning jinsiy sheriklari to‘liq davolanishi tavsiya etiladi.
🤍Klinik ahamiyati Davolanmagan trixomoniaz ayollarda bepushtlik, homiladorlikda asoratlar, erkaklarda esa prostata kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Trixomoniazni aniqlash va o‘z vaqtida davolash bu kabi asoratlardan himoyalanish uchun muhimdir.
GEMOPOEZ TUSHUNCHASI Gemopoez- Qon hujayralari shakllanishi va rivojlanishi jarayoni. Embrional va postembrional gemopoez mavjud. Gemopoez ta'limoti katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. U qon hujayralari normal holati yoki patologik jarayonlarda ozgarishi boyicha ma`lumot beradi. Embrional gemopoez embrional rivojlanishning dastlabki bosqichlarida boshlanadi va qonni to'qima sifatida shakllanishiga olib keladi.
1. Qizil qopqoqli vakutayner: -Antikoagulyant: Yo‘q. -Qo‘llanilishi: Serum (zardob) olish uchun ishlatiladi. bu qonning ivishidan keyin qoladigan suyuq qismi. Bu vakutaynerlar biokimyoviy tahlillar, serologiya, gormonlar, va immunologik testlar uchun ishlatiladi.
2. Sariq qopqoqli vakutayner (ajratuvchi gel bilan): -Antikoagulyant: Yo‘q, lekin ichida zardobni qondan ajratib turadigan gel mavjud. -Qo‘llanilishi: Serum (zardob) olish uchun ishlatiladi. Zardob qon ivib, undan hujayralar ajralgach, qolgan suyuqlikdir. Bu vakutaynerlar biokimyoviy tahlillar, serologiya, gormonlar, va immunologik testlar uchun ishlatiladi.
3. Binafsha qopqoqli vakutayner (EDTA bilan): -Antikoagulyant: EDTA. ( Ethylene Diamine Tetraacetic Acid) -Qo‘llanilishi: Qonning morfologik tahlillari uchun, masalan, umumiy qon tahlili (UQT), gemoglobin darajasi, leukotsitlar, eritrotsitlar, va trombotsitlar va PZR tahlilida qo‘llaniladi.
4. Ko'k qopqoqli vakutayner (natriy sitrat bilan): -Antikoagulyant: Natriy sitrat. (1:9) -Qo‘llanilishi: Qonning ivish tizimini baholash testlari uchun, masalan, protrombin vaqti (PT), INR, APTT, fibrinogen testlari.
5. Yashil qopqoqli vakutayner (heparin bilan): -Antikoagulyant: Geparin. -Qo‘llanilishi: Qon gazlari tahlili va plazma bilan ishlash uchun ishlatiladi. Biokimyoviy tahlillar ham o‘tkazilishi mumkin.
6. Qora qopqoqli vakutayner (natriy sitrat bilan, ESR uchun): -Antikoagulyant: Natriy sitrat. (1:4) -Qo‘llanilishi: Eritrotsitlar cho‘kish tezligi (ESR) o‘lchash uchun ishlatiladi.
7. Kulrang qopqoqli vakutayner (glyukoza uchun): -Antikoagulyant: Natriy ftorid va kaliy oksalat. -Qo‘llanilishi: Qondagi glyukoza miqdorini o‘lchash uchun ishlatiladi. Bu modda glyukozaning parchalanishini oldini oladi.
Candida - opportunistik mikroorganizmlar, fakultativ anaeroblar (kislorod borligida ham, kislorodsiz ham yashashi mumkin bo'lgan organizmlar). Ular - glikogenga boy hujayralar, xususan vaginal shilliq qavat hujayralarida 70-90% hollarda uchraydigan patogenning eng keng tarqalgan turi Candida albicans hisoblanadi. Vaginal kandidoz So'nggi yillarda Candida Ko'pincha topiladi: 🍄C. glabrata (15%); 🍄C. dubliniensis (6%); 🍄C. tropicalis (3–5%); 🍄C. parapsiloz (3%); 🍄C. krucei (1-3%). Mikroorganizmlarning yangi turlarining tarqalishi, birinchi navbatda, bemorlarning nazoratsiz o'z-o'zini davolashi bilan bog'liq bo'lib, qo'ziqorinlarning dorilarga chidamliligini oshiradi 🍄Vagina va vulvaning yuqumli kasalliklari orasida kandidal vaginalis chastotasi 30-45% ni tashkil qilmoqda 🍄Patologiya qinning barcha yuqumli kasalliklari orasida ikkinchi o'rinda turadi va ayollarning tibbiy yordamga murojaat qilishlari uchun juda keng tarqalgan sababdir. 🍄25 yoshga kelib, reproduktiv yoshdagi ayollarning taxminan 50% shifokor tomonidan tashxis qo'yilgan vaginal kandidozning kamida bitta epizodini boshdan kechirgan; menopauza davrining boshida - taxminan 75% holatlarda 🍄🍄Kasallik uchun sabab bo‘luvchi omillar quyidagilardir: 🍄Mexanik - sintetik ichki kiyim kiyish, birinchi jinsiy aloqa, qin to'qimalariga shikast etkazish, intrauterin vositadan uzoq vaqt foydalanish. 🍄Fiziologik - homiladorlik, hayz ko'rish. 🍄Endokrin - gepotirioz, diabetes mellitus immunitet tanqisligi holatlari. 🍄Yatrogenik (antibiotiklar, kortikosteroidlar,immunosupressantlar, radiatsiya terapiyasi, kimyoterapiya, saraton, og'iz kontratseptivlarini qabul qilish). 🍄Boshqalar (avitaminoz, allergik kasalliklar, jinsiy a'zolar va oshqozon-ichak traktining surunkali patologiyalari). 🍄Kasallik, qoida tariqasida, jinsiy yo'l bilan yuqmaydi, ammo bu jinsiy aloqaning tabiati bilan bog'liq Shuningdek, vaginal kandidoz bilan og'rigan bemorlarning jinsiy sheriklarida kandidal balanopostitni rivojlanish ehtimoli istisno qilinmaydi
🌡Butun qondagi eritrotsitlar plazma hajmiga nisbati. Sog'lom odamda bu qiymat faqat balandlikda yashovchilarda o'zgarishi mumkin. Yangi tug`ilgan chaqaloqlar gematokrit taxminan 10% yuqori va kichik yosh bolalarda-kattalarga qaraganda ancha past.
🌡 Klinik va diagnostik ahamiyatga ega. 🌡 Gematokrit miqdorini oshishi-eritrotsitoz: 1. Asosiy (eritremiya) 2. Turli xil kelib chiqadigan gipoksiya tufayli 3. Eritropoetinning ko'payishi bilankechuvchi buyrak neoplaziyalari 4. Polikistoz va buyrak gidronefrozi 5. BCC ning kamayishi 6. Suvsizlanish 🌡 Gematokrit miqdorini kamayishi anemiya: 1. Aylanayotgan qon hajmining ortishi 2. Homiladorlik (ayniqsa, ikkinchi yarmi) 3. Giperproteinemiya 4. Gipergidratsiya
Shu yallani chiqqan kunidan beri kuniga kamida 20 marta tinglayapman. Me'daga tegamayapti. Tekst va musiqa zo'r. Ko'p narsalarni eslatmoqda.
Post bu yalla haqida emas. Nafs va ochko'zlik haqida.
Do'stim, iltimos, unutma! Ehtiyojlaring hech qachon tugamaydi. Nafsingni boshqar! Bu yurtni ertasi biz! Faqat o'zingni o'ylama! Qo'shning, do'sting bilan poyga o'ynama! Ular uchsa xursand bo'l, havas qil! Ichimizda har birimiz hech bo'lmasa 10 tadan odamni hayotini yaxshilasak ham 10 yildan keyin butunlay boshqa O'zbekistonda yashaymiz. Ko'proq yaxshilik qil! Hech bo'lmasa, chin dildan harakat!
Agar hammamiz faqat o'zimizni o'ylab yashasak, chevaralarimiz ham yaxshi hayot uchun, bizdek, boshqa davlatni "uy" qilishadi.
Shu postni o'qigan, hech bo'lmasa 1 inson, qachondir kursiga o'tirganda, shu gaplarni eslab, faqat o'zi uchun emas, uni qo'liga qaragan odamlar uchun chindan ishlasa, soat 00:47 da post yozish uchun ketgan vaqtimdan roziman!