View in Telegram
1. Qizil qopqoqli vakutayner: -Antikoagulyant: Yo‘q. -Qo‘llanilishi: Serum (zardob) olish uchun ishlatiladi. bu qonning ivishidan keyin qoladigan suyuq qismi. Bu vakutaynerlar biokimyoviy tahlillar, serologiya, gormonlar, va immunologik testlar uchun ishlatiladi. 2. Sariq qopqoqli vakutayner (ajratuvchi gel bilan): -Antikoagulyant: Yo‘q, lekin ichida zardobni qondan ajratib turadigan gel mavjud. -Qo‘llanilishi: Serum (zardob) olish uchun ishlatiladi. Zardob qon ivib, undan hujayralar ajralgach, qolgan suyuqlikdir. Bu vakutaynerlar biokimyoviy tahlillar, serologiya, gormonlar, va immunologik testlar uchun ishlatiladi. 3. Binafsha qopqoqli vakutayner (EDTA bilan): -Antikoagulyant: EDTA. ( Ethylene Diamine Tetraacetic Acid) -Qo‘llanilishi: Qonning morfologik tahlillari uchun, masalan, umumiy qon tahlili (UQT), gemoglobin darajasi, leukotsitlar, eritrotsitlar, va trombotsitlar va PZR tahlilida qo‘llaniladi. 4. Ko'k qopqoqli vakutayner (natriy sitrat bilan): -Antikoagulyant: Natriy sitrat. (1:9) -Qo‘llanilishi: Qonning ivish tizimini baholash testlari uchun, masalan, protrombin vaqti (PT), INR, APTT, fibrinogen testlari. 5. Yashil qopqoqli vakutayner (heparin bilan): -Antikoagulyant: Geparin. -Qo‘llanilishi: Qon gazlari tahlili va plazma bilan ishlash uchun ishlatiladi. Biokimyoviy tahlillar ham o‘tkazilishi mumkin. 6. Qora qopqoqli vakutayner (natriy sitrat bilan, ESR uchun): -Antikoagulyant: Natriy sitrat. (1:4) -Qo‘llanilishi: Eritrotsitlar cho‘kish tezligi (ESR) o‘lchash uchun ishlatiladi. 7. Kulrang qopqoqli vakutayner (glyukoza uchun): -Antikoagulyant: Natriy ftorid va kaliy oksalat. -Qo‘llanilishi: Qondagi glyukoza miqdorini o‘lchash uchun ishlatiladi. Bu modda glyukozaning parchalanishini oldini oladi. 🔬 @Laboratoriya_07
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily