Kutubxonamda dam olish kunlaridagi manzara
šš
Bilasizmi, ularni kutubxonaga kelishga hech kim majbur qilmaydi.
Shu zamonda kitob oāqishga qiziqish pasayib borayotgan bir paytda (oāzim bunday oāylamayman, bu shunchaki jamiyat orasidagi fikrlar) unda qanday qilib bunaqa manzara boālishi mumkin dersiz ?!
Boshqalar qanday metod qoāllaydi bilmayman-u, men kutubxonaga keladigan har bir kitobxonga (u ayol kishi, bola, oāsmir yoki keksa yoshli kishi boālishidan qatāiy nazar?) alohida diqqatimni beraman, tinglayman asosli javob berishga harakat qilaman, suhbatlashaman.
Kutubxonada bor imkonlardan kelib chiqib kitobxonlar uchun maksimum sharoit yaratishga harakat qilaman (planshetlar, sifatli internet, fikr erkinligi, ular soāragan kitoblarni olish orqali)
Oāzim hozirda asosan Toshkentda boālayotganim sababli kutubxonamda yangi xodim faoliyat olib bormoqda. Ammo oārnimga xodim tanlash jarayonim ham kutubxonani unga ishonib qoldirishim ham oson boālmadi. Hozir kutubxonamda faoliyat yuritayotgan xodima - Ozoda opaga koāp rahmat. Har bitta aytilgan jihatga katta ahamiyat berib ishga kutubxonaga va kitobxonlarga bor mehrini berib ishlayapti. Bundan cheksiz xursandman.
Inson, u qaysi yoshda boālishidan qatāiy nazar uning fikrlari tinglangan, eātibor berilgan va javob berilgan joyga talpinadi. Mening kutubxonamdagi gavjumlikning eng katta sababi shiringina atmosferada - maksimum erkin zona yaratilganligi. Agar sizda ham kutubxonangiz boālsa avvalambor u yerni albatta qiziqarli hududga aylantiring va kitobxonlar bilan samimiy suhbatlashing !
Natijasini keyin yozasiz, kutaman.
@kutubxonachiqiz