Kutubxonamda dam olish kunlaridagi manzara
📚😍Bilasizmi, ularni kutubxonaga kelishga hech kim majbur qilmaydi.
Shu zamonda kitob o’qishga qiziqish pasayib borayotgan bir paytda (o’zim bunday o’ylamayman, bu shunchaki jamiyat orasidagi fikrlar) unda qanday qilib bunaqa manzara bo’lishi mumkin dersiz ?!
Boshqalar qanday metod qo’llaydi bilmayman-u, men kutubxonaga keladigan har bir kitobxonga (u ayol kishi, bola, o’smir yoki keksa yoshli kishi bo’lishidan qat’iy nazar?) alohida diqqatimni beraman, tinglayman asosli javob berishga harakat qilaman, suhbatlashaman.
Kutubxonada bor imkonlardan kelib chiqib kitobxonlar uchun maksimum sharoit yaratishga harakat qilaman (planshetlar, sifatli internet, fikr erkinligi, ular so’ragan kitoblarni olish orqali)
O’zim hozirda asosan Toshkentda bo’layotganim sababli kutubxonamda yangi xodim faoliyat olib bormoqda. Ammo o’rnimga xodim tanlash jarayonim ham kutubxonani unga ishonib qoldirishim ham oson bo’lmadi. Hozir kutubxonamda faoliyat yuritayotgan xodima - Ozoda opaga ko’p rahmat. Har bitta aytilgan jihatga katta ahamiyat berib ishga kutubxonaga va kitobxonlarga bor mehrini berib ishlayapti. Bundan cheksiz xursandman.
Inson, u qaysi yoshda bo’lishidan qat’iy nazar uning fikrlari tinglangan, e’tibor berilgan va javob berilgan joyga talpinadi. Mening kutubxonamdagi gavjumlikning eng katta sababi shiringina atmosferada - maksimum erkin zona yaratilganligi. Agar sizda ham kutubxonangiz bo’lsa avvalambor u yerni albatta qiziqarli hududga aylantiring va kitobxonlar bilan samimiy suhbatlashing !
Natijasini keyin yozasiz, kutaman.
@kutubxonachiqiz