View in Telegram
Ikki tomonlama aldanib, haliyam svetsiz oʻtiribmizYangiyo‘l tumani Assalomu alaykum! Yangi xonadonga elektr schotchik oʻrnatish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza berib, onlayn toʻlov qildim. Taʼminotchi sifatida Yangiyoʻl tumani hududiy elektr taʼminoti tashkiloti xodimi kelib, uyimizni koʻrib ketdi. Lekin u davlat tomonidan hech qanday elektr hisoblagich oʻrnatmasligini aytdi. Ertasi kuni biz boshqa mоntyorni chaqirdik. Lekin u ham 1 mln soʻm pul olib, elektr hisoblagichni tashlab ketdi, lekin ulab bermadi. Hozir ikki tomonlama aldanib, haliyam svetsiz oʻtiribmiz. Sizdan iltimos, ushbu murojaatni tegishli tashkilotlar koʻrib berishlariga hamda elektr hisoblagichni oʻrnatish uchun ketadigan barcha harajatlar qonunda koʻrsatilganidek taʼminotchi tomonidan qoplab berilishiga yordam bering. Tuman masʼul rahbariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini hurmat qilishlarini hamda fuqarolarning huquqlarini taʼminlashlarini soʻraymiz! Shuxrat Namozov 👉 @Kusherbayevga_murojaat
Telegram Center
Telegram Center
Channel