Oddiy doskalar toʻliq yetishmayotgan bir vaqtda shu kerakmikan?➖IshtixonMen Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida yashayman, maktabda o‘qituvchiman.
Menga tazyiqlar boʻlmasligi uchun iltimos shaxsimni sir saqlangizlar.
Ishtixon tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tumandagi maktablarga katta razmerdagi elektron doska (taxminiy 18 million soʻm atrofida) berilmoqda.
Oddiy doskalar toʻliq yetishmayotgan bir vaqtda shu kerakmikan?
Eng asosiysi bu doskani tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi yoki biror bir tashkilot homiylik qilib tarqatmayabdi.
Uning oʻrniga maktablarga xorijiy tillarni oʻqitishda samara beradigan eshitib, tinglab tushunish uchun audio jihozlar bilan taʼminlansin.
Koʻplab maktablarda darsliklar yetishmaydi.
Oʻz oʻzidan deyarli 20 million soʻmlik doskani toʻlash yuki yana bechora oʻqituvchilarga tushish ehtimoli yuqori. Yoki maktab oʻquvchilaridan noqonuniy ravishda pul yigʻimlari boʻlish ehtimolini oshiradi.
Maktab budjetida pul boʻlmasa, oʻqituvchi va oʻquvchilar ixtiyorida majburiy toʻlaydida albatta.
Ushbu masala boʻlsa Vazirlik, viloyat va tuman hokimliklaridan yechim kutib qolamiz.
Doskani qaytarib olib ketsin yoki maktablarga 0 (null) qiymatda berilsin.
👉 @Kusherbayevga_murojaat