Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirildi
Bugun, 26-oktabr tunda Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga suiqasd uyushtirilgan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, suiqasd tungi soat 1:30 lar atrofida Komil Allamjonovning Qibray tumanidagi uyi yaqinida sodir bo‘lgan. Ikki noma’lum shaxs u o‘tirgan mashinaga bir necha bor o‘q uzib, hodisa joyidan yashiringan. Allamjonovga zarar yetmagan.
👉 @kunonline