bu narsalar haqida jim turishni bas qilishimiz kerak:- har kuni restoranlarda ovqatlanish NORMA EMAS
- har yangi iPhone modeli chiqqanida olish NORMA EMAS
- Uzum Market yo boshqa marketpleyslardan har hafta buyurtma urish NORMA EMAS
- kreditga olingan yirik xaridlarni (uy, mashina, sayohat va hk) daromad oshishi deb targ’ib qilish NORMA EMAS
- faqat brendovy mahsulotlarni sotib olish NORMA EMAS
- sayohatda lyuks mehmonxonalarda qolish NORMA EMAS
- 2,3..fitfilion oy/haftada kurs o’qib oyiga 20-30-40 ming $ topish NORMA EMAS…
biz sevimli bloger va influenserlarimizni kuzata turib ular ko’zimizga tutgan pushti ochkilarga aldanib qolamiz.
aslida
HECH KIM sizga hamyonining asl holatini, qarz, kredit va zaymlarini boricha ko’rsatmaydi.kadr ortidagi, ssenariydan tashqaridagi asllik haqiqatdan mutlaqo boshqacha bo’ladi.
@kumush_baxtiyorzoda