View in Telegram
Yashashni Entoni Xopkinsdan oʻrganish kerak! 1. Men bahaybat Atlant emasligimni tushundim. Dunyo tashvishini bir o‘zim yelkamda ko‘tarib turganim yo‘q. 2. Har kunimni xuddi umrimning so‘ngi kunidek yashashni o‘rgandim. Axir, rostan ham bugun oxirgi kunim bo‘lishi mumkin-ku. 3. Umrim davomida ota-onam, aka-ukalarim, farzandlarim, oilamni sevdim. Umrim poyonida esa o‘zimni sevishni o‘rgandim. 4. Odamlar xato qilayotganini bilsam ham xatoni tuzatmay qo‘ydim. Butun odamzotni mukammal qilishga majbur emasman. Tinchlik mukammallikdan afzal. 5. Men his tuyg‘ularimdan uyalmay qo‘ydim. Hislarim men inson ekanimni anglatadi. 6. Xizmat ko‘rsatuvchilarga yaxshi choychaqa qoldiraman. Bu choychaqa ularni biroz bo‘lsa ham xursand qilsin. Axir ular pul topish uchun mendan ko‘ra mashaqqatliroq mehnat qilishadi. 7. Meni qadrlamaydigan insonlarni tark etaman. Ular mening qadrimni bilmasa bilmasin. O‘z qadrimni o‘zim bilaman-ku. 8. Qariyalar bir hikoyani qayta-qayta aytib berganda “avval ham aytgansiz” deb ularning so‘zini bo‘lmayman. Keksalar biror hikoyani takrorlar ekan o‘z xotiralari yo‘lagidan qayta o‘tib, yoshlikni qayta yashaydilar. 9. Insonlarni ko‘p maqtayman. Maqtov eshitgan kishining kayfiyati ko‘tariladi. Buni ko‘rib men ham xursand bo‘laman. 10. Meva-cheva va sabzavot sotuvchilari bilan tortishib savdolashmayman. Men uchun arzimas bo‘lgan uch-to‘rt dollar ular uchun juda zarur – bolasini o‘qitishga ko‘mak bo‘ladi. 11. Ko‘ylagimdagi g‘ijim yoki kichik dog‘ga e’tibor bermayman. Shaxsiyat tashqi ko‘rinishdan muhim. 12. Birov mendan o‘zish uchun g‘irrom o‘yin qilsa o‘zimni yo‘qotib qo‘yib asabiylashmayman. Men kalamush emasman, men kim o‘zarga musobaqalashmayman. 13. Insonlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish uchun kibrni yig‘ishtirish kerak. Kibr va xudbinlik insonni yolg‘izlatib, jamiyatdan yakkalab qo‘yadi. 14. Men o‘z baxtimni o‘z qo‘lim bilan yarataman. Hayotimni baxtli yashash faqat o‘z qo‘limda. @kitob_ombori
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily