View in Telegram
Dunyoda, atrofimizda muammolar tiqilib ketgani tufayli bu joyga iloji boricha qiziqroq, kayfiyat koʻtaradigan, odamni taʼbini xira qilmaydigan narsalar yozishga harakat qilaman. Baʼzan "siz ham xalq dardini, muammolarini olib chiqmaysizmi? tanqidiy narsalar yozmaysizmi?" deyishadi. Mensiz ham bu mavzuni bu jamiyat odamlari juda sevadi va mendan koʻra ustalik bilan koʻtarishga usta. Hayot qisqa, oʻlayotganimizda afsuslanadigan narsalarimiz qatoriga: oila aʼzolarimiz bilan kamroq vaqt oʻtkazganimizdan, doʻstlar davrlariga bormaganimizdan, sayohat qilmaganimizdan, tuygʻularimizni yaqinlarimizga izhor qilmaganimizdan koʻproq nadomat chekamiz. Qaysidir poyafzali teshik insonga, otasini tan olinmagan bolasini hayotiga, yoki qaysidir ayolning tana aʼzosini oʻylab oʻlmaymiz. Atrofingizdagi voqeliklarni koʻngilga ortiqcha olmang, hamma axborotlarga ham qiziqmang, sevgan ishingiz bilan shugʻullaning, yaqinlaringizni seving, Alloh yaratgan yerda uning rizoligini izlab yashang.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily