Turmush – bu nafaqat yangi mas’uliyat, balki sabr, mehr va tushunish bilan to‘ldiriladigan hayotdir. Ota uyidan ketganingda o‘zingni yolg‘iz, hatto bir oz yetimdek his qilishing mumkin. Chunki sen endi butunlay yangi muhitga, yangi hayotga qadam qo‘yasanki, bu hayotning asosiy poydevori sen va turmush o‘rtog‘ingning hamjihatligi bo‘ladi.
Shuning uchun turmush arafasida bo‘lgan qizlarga maslahat: umr yo‘ldoshingni tanlashda faqat sevgi va his-tuyg‘ularni emas, balki uning sabr-toqati, taqvosi, mas’uliyatni qabul qilishga qodirligini ham e’tiborga ol. Hayotning har bir bosqichida sevgi bilan birga sabr ham kerak bo‘ladi. Chunki oilaviy hayot – bu ba’zan shirin kunlar, ba’zan esa sinovli damlardan iboratdir.
Seni har bir holatingda tushuna oladigan, sen bilan birga qiyinchiliklarni yengib o‘tadigan, sabr va mehr bilan oilani boshqarishga tayyor insonni tanla. Turmushning ba’zi bosqichlarida sabr sening eng kuchli quroling bo‘ladi. Agar sabrni o‘z yuragingda tarbiyalay olsang va turmush o‘rtoqingning kamchiliklariga toqat qilolsang, oilaviy hayoting mustahkam va baxtli bo‘ladi.
Unutma, baxtli oila – bu nafaqat sevgiga, balki sabr, tushunish va Allohga tavakkal qilishga asoslangan. Sabrli bo‘lsang, bu hayot sinovlaridan ezilmaysan va oilangni saqlab qolasan. Turmush – bu bir umrga tanlangan yo‘ldosh bilan qilinadigan buyuk safar. Shuning uchun yo‘ldoshingni hushyorlik bilan tanla va bu yo‘lda sabrni hamroh qil!
@khujamovanisa