View in Telegram
Banda jannatga faqat poklangandan keyingina kiradi. Ibn Qoyyim rohimahulloh dedilar: "Banda jannatga faqat poklangandan keyingina kiradi. Bu poklanish dunyo hovlisida to‘rt narsa bilan bo‘ladi: 1 - Tavba; 2 - Istig‘for; 3 - Yomonlikni o‘chiruvchi yaxshiliklar; 4 - Kafforat bo‘ladigan musibatlar. Agar bu to‘rtasi uni poklanib, gunohlardan xalos bo‘lishiga yetmasa, Barzax hayotidagi uch narsa bilan poklanadi: 1 - Iymon ahlining unga janoza o‘qib, uning gunohlarining kechirilishini, shafqat qilinishini so‘rab duo qilishlari; 2 - Qabr fitnasi; 3 - Muslim birodarlari unga o‘z solih amallarini hadya qilishlari. Agar bu uchtasi ham uning poklanishiga yetmasa, uch o‘rinda u poklanadi: 1 - Qiyomat qo‘rqinchi va uning dahshati; 2 - Shafaatchilarning shafaati; 3 - Alloh Azza va Jallaning avf qilishi. Agar bular ham poklanishiga yetmasa, do‘zax olovi uni gunohlardan toblaydi. Va shu unga poklanish bo‘ladi. U do‘zaxda o‘z gunohlarining ko‘p-ozligi, shiddat va zaifligiga qarab bo‘ladi. Undagi gunohlar chiqib ketsa, u pok, gunohsizga aylanadi va do‘zaxdan chiqarilib, jannatga kiritiladi." «Madorij us-Solikin»: (1/463) @khujamovanisa
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily