Tongi shukronalik – bu qalbni yangi kunga tayyorlash, ruhni poklash va Yaratganga yaqinlashish uchun eng go‘zal lahzadir. Tong otib, yangi kunni ko‘rish nasib qilgani uchun:
"Alhamdulillahil-lazi ahyana ba’da ma amatana va ilayhin-nushur."
Bu so‘zlar bilan Yaratganga shukr qilaman. Nafas olayotganim uchun, sog‘lom farzandlarimni bag‘rimda his qilayotganim uchun, oilamning tinchligi va har bir ne’mati uchun shukronam cheksiz.
Yangi tong – yangi imkoniyat. Har bir yurak urishim va har bir qadamim shukr va ibodat bilan to‘lsin. Shu kundan rozi bo‘lib va uni mazmunli o‘tkazib, kechga yana qalbimda shukronalar ila qaytay.
@khujamovanisa